BankMyCell kompaniyasi ikkilamchi bozordagi smartfonlar narxi bo‘yicha katta tadqiqot o‘tkazdi. Ular qaysi modellar vaqt o‘tishi bilan tez arzonlashishi va qaysilarini ikki—uch yildan keyin ancha foydali narxga sotish mumkinligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Tahlilchilarning xulosasiga ko‘ra, Android flagmanlar ikkilamchi bozorda iPhone’lardan ko‘ra ikki barobar tezroq arzonlashadi. Masalan, ikki yildan so‘ng, Apple smartfoni do‘konda 35 foiz arzonroq narxda sotilsa, Samsung’da bu ko‘rsatkich — 60 foiz bo‘ladi. Shu bilan birga, hamyonbop Android smartfonlar yanada tez arzonalashadi — ikki yildan so‘ng, ularning qiymati 75 foizga tushib ketadi, to‘rt yildan keyin esa 95 foizga.
Quyida to‘rt yil davomida ikkilamchi bozordagi smartfonlar narxining o‘zgarishi batafsil tasvirlangan grafik keltirilgan:

Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchi brendlar o‘rtasida narxlar turlicha tezlikda tushadi. Masalan, LG va Nokia Samsung’dan ko‘ra sekinroq arzonlashadi. Ikkilamchi bozorda eng sekin arzonlashadigan modellar HTC smartfonlari — bu kompaniya yangi flagmanlar ishlab chiqarishni to‘xtatgani va faqat hamyonbop modellarni qoldirganiga bog‘liq bo‘lsa kerak.









