• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ozarbayjonlarni qon yig‘latgan “Qora yanvar”. Bokudagi yanvar qirg‘iniga 31 yil bo‘ldi

    Bundan roppa-rosa 31 yil oldin, 1990-yil 20-yanvarda SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Yazovning buyrug‘i bilan Bokuga sovet armiyasi qo‘shinlari olib kirildi. Natijada yuzdan ortiq odam millatlararo bosqin va sovet armiyasining qonli operatsiyasi qurboniga aylandi. Ularning aksariyati ozarbayjonliklar edi. O‘sha kunlarning voqealari tarixga “Qora yanvar” nomi bilan kirdi. “Daryo” sana munosabati bilan mazkur voqea haqida hikoya qiladi. 

    Ozarbayjon va Armaniston munosabatlari tarixi

    Qadim zamonlardan beri ozarbayjonlar va armanlar yonma-yon yashab kelgan. Ilgari ozarbayjonlar Armanistonda eng katta etnik qismlardan biri bo‘lgan. Brokgauz va Efronning ensiklopedik lug‘atiga ko‘ra, 19-asrning oxiriga kelib ozarbayjonlar o‘sha paytdagi Erivan viloyati aholisining 37 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qilgan va Erivanni (hozirgi Armanistonning poytaxti Yerevan) o‘z ichiga olgan yettita viloyatning to‘rttasida ozarbayjonlar ko‘pchilikni tashkil qilar edi.

    XX asrda ikki millat o‘rtasidagi turli nizolar ta’sirida munosabatlar ko‘plab sinovlardan o‘tdi. Xalqaro ekspertlar qayd etishicha, bu sinovlar davrida ozarbayjonlar Armanistonda etnik va ijtimoiy kamsitishlarga duchor bo‘lgan “soqov mehmonlarga” aylandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Armanistonda birinchi etnik tozalash Rossiya imperiyasi qulaganidan keyin boshlandi. Erkinlik havosidan mast bo‘lgan mahalliy millatchilar o‘z qoidalarini o‘rnatishga kirishdi. Armanistonda ommaviy ravishda musulmonlarni quvish boshlandi . U yerdan quvilgan ozarbayjonlarning deyarli barchasi Ozarbayjonga qochib ketdi. Shunga qaramay, ozarbayjonliklar Armanistonda o‘zlarining mavqeyini saqlab qoldi va 1939-yilga kelib ularning soni respublikada 131 ming kishiga yetdi.

    1947-yilda Armaniston SSR Kommunistik partiyasining birinchi kotibi Grigoriy Arutinov Armanistondan “ixtiyoriy ravishda” 100 ming ozarbayjonning  o‘z vataniga ko‘chib o‘tishiga siyosiy yo‘llar bilan erishdi. Bo‘shagan joylarni chet eldan kelgan armanistonlik repatriantlar egallab oldi. Natijada, 1959-yilga kelib Armanistonning musulmon aholisi soni 107 ming kishiga, 1989-yilga kelib esa 84 ming kishiga kamaydi.

    Qayta qurish davrining birinchi yillarida millatlararo nizolar qayd etila boshlandi. 1987-yil noyabr oyida Armanistonning Kafan viloyatida ozarbayjonlarga qarshi bir qator hujumlar sodir bo‘ldi. Odamlar zo‘ravonliklarga dosh berolmay, uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. 1988-yil yanvar oyida ozarbayjonlik qochqinlar Kafan mintaqasidan qochib ketdi. Ularning ko‘pchiligida kaltaklanish va tahqirlanish alomatlari bor edi.

    Armanistonda musulmon aholiga nisbatan nafrat kuchayib ketdi. Faqatgina 1988-yilning noyabrida 25 ozarbayjonlik o‘ldirildi. BMTning Qochqinlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan ozarbayjonliklar Armanistonni deyarli 1991-yilgacha tark etgan.

    Etnik zo‘ravonlik Armanistonda ozarbayjonlarning qoldirgan madaniy izlarini yo‘q qilish bilan birga kechdi. 1990-yilda Yerevanda dahshatli hodisa yuz berdi: buldozer Vardanants ko‘chasidagi masjiddan bir dona tosh qoldirmasdan buzib tashlandi. Boshqa bir diniy bino — Moviy masjid — forscha nomga o‘zgartirilib, boshqa maqsadda foydalanishga o‘tdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1990-yil 19-yanvar

    SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi Gorbachyov tomonidan Bokuda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni qabul qiladi. Farmonga muvofiq, favqulodda holat 20-yanvar soat 00: 00 dan boshlab ishlay boshladi.

    Farmon protsedurani jiddiy buzgan holda qabul qilindi. SSSR Konstitutsiyasining 119-moddasi 14-bandiga binoan favqulodda holatni joriy etishning zaruriy sharti ushbu masalani Ittifoq Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining ko‘rib chiqishi hisoblanadi. Ozarbayjon Oliy Kengashi Rayosatining raisi Elmira Kofarova 1990-yil 20-yanvarda radiodagi nutqida respublika suverenitetining qo‘pol ravishda buzilishi va Bokuda favqulodda holat e’lon qilinishi munosabati bilan qattiq norozilik bildirdi. Kofarova Ozarbayjon hukumati va ma’muriyati favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida hech qanday qaror qabul qilmaganiga va bunday qarorga rozilik bermaganligiga ishontirdi.

    Taxminan, soat 19:00 da telemarkazda noma’lum tarzda energiya bloki portlatildi, bu respublikada televizion ko‘rsatuvlarni to‘xtatdi. Keyinchalik “Krasnaya zvezda” gazetasida keltirilgan versiyaga ko‘ra, portlash “mahalliy ekstremistlar” tomonidan amalga oshirilgan. Ozarbayjon faollari rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, kuch blokini ichki qo‘shinlar askarlari portlatib, faollar rahbariyati tomonidan qo‘shin kiritilishi to‘g‘risida xalqqa murojaat qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak edi.

    Televizion ko‘rsatuvlarning tugatilishining bevosita natijasi shundan iboratki, Boku aholisi favqulodda holat joriy etilishi va shaharga qo‘shin kiritilishi to‘g‘risida bilmagan. Boku aholisining aksariyati favqulodda holat joriy etilishi to‘g‘risida faqat soat 05:30 da radioeshittirishdan va vertolyotlardan tarqalgan varaqalardan bilib oldi.

    20-yanvar

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1990-yil 19-yanvardan 20-yanvarga o‘tar kechasi, yarim tundan so‘ng darhol Sovet armiyasi bo‘linmalari Bokuga kira boshladi. Ozarbayjon tarixchilarining fikriga ko‘ra, qo‘shin kiritilishidan maqsad Xalq frontini mag‘lub etish va Ozarbayjonda Kommunistik partiyaning kuchini saqlab qolish edi.

    Bokuga janubdan kirgan ko‘pgina qo‘shinlar mahalliy garnizonlardan ko‘tarilgan, shuning uchun ular shaharga boradigan yo‘l bilan jang qilishlari shart emas edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shimoldan olib kelingan qo‘shinlar Bokuga dushman shahri sifatida kirgan. Tanklar to‘siqlar ustidan o‘tib, yo‘lda ketayotgan mashinalarni va hatto tez yordam mashinalarini ezib tashladi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, askarlar qochayotgan odamlarga o‘q uzgan, yaradorlarni qirib tashlagan. Tinch fuqarolarni olib ketayotgan avtobusga o‘q uzildi va ko‘plab yo‘lovchilar, shu jumladan, o‘n to‘rt yoshli qizcha halok bo‘ldi.

    Armiya qurol ishlatib, Aeroportovskoe shossesida, Tbilisi prospektida va shaharga olib boradigan boshqa yo‘llarda piketlarni yorib o‘tdi. Eng shiddatli janglar Salyan kazarmasi hududida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Bailov hududida, “Boku” mehmonxonasi yaqinida, bir qator shahar atrofi aholi punktlarida qonli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra hukumat binosi  kuchli o‘qqa tutilgan.

    Harbiylarning maqsadi Boku porti bo‘lib, u yerda, razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Xalq fronti shtab-kvartirasi “Sabit Orujev” motorli kemasida joylashgan edi. Ekipaj a’zolari xalq frontini qo‘llab-quvvatlagan bir nechta neft tankerlarining portga kirishining oldini olish uchun Boku portiga kirishni to‘sib qo‘ydi.

    20-yanvarga o‘tar kechasi yuz o‘ttiz kishi halok bo‘ldi va yuzlab odamlar yaralandi. Kamida yigirma bitta askar vafot etdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Asoratlar va xotira

    1994-yil fevral oyida Ozarbayjon prokuraturasi Ozarbayjonning sobiq prezidenti Ayaz Mutalibovni hibsga olishga order berdi. Ozarbayjon Milliy Majlisining o‘sha yil 29-martdagi “1990-yil 20-yanvarda Bokuda sodir bo‘lgan fojiali voqealar to‘g‘risida” gi farmoniga binoan Gorbachyov, Vezirov (“tajovuzning bevosita tashkilotchisi va ishtirokchisi sifatida”), Mutalibov, Huseynov va Ozarbayjon SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining ikkinchi kotibi Polyanichko (“jinoyatning bevosita sheriklari sifatida”) sodir bo‘lgan voqealar uchun javobgardir va Oliy Sovet Prezidiumining sobiq raisi Elmira Kofarova va Ozarbayjon SSR Kommunistik partiyasi Boku shahar qo‘mitasining birinchi kotibi siyosiy javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi. Ular  Sovet imperiyasining harbiy qismlarini Boku shahriga kiritish bilan bog‘liq biron-bir aniq choralarni ko‘rmagani va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlamaganligi uchun ayblandi. Biroq Kofarova va Polyanichkoga qarshi jinoiy ish ularning o‘limi sababli bekor qilindi.

    2003-yil mart oyida Ozarbayjon prokuraturasining Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tergov boshqarmasi SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyovga nisbatan konstitutsiyani buzganligi uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ozarbayjonda 20-yanvar motam kuni deb e’lon qilindi va Milliy motam kuni sifatida nishonlanadi. Shu kuni ozarbayjonliklar “Shahidlar xiyoboni” ni ziyorat qiladi, qabrlariga gul qo‘ydi. Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan kelgan shaxslar ham “Shahidlar xiyoboni”ga tashrif buyuradi.

    “Qora yanvar” voqealarini yodga olib, “11-qizil armiya” deb nomlangan Boku metrosining bekati “20-yanvar” deb o‘zgartirildi.

    Abdulaziz Akramov tayyorladi

    20.01.2021, 16:57   Izoh (0)   37931
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada karantin muddati uzaytirildi. Aholiga tibbiy va respiratorli niqoblarni taqish majburiy qilindi

    20.01.2021, 15:08

    AQSh prezidentlarining inauguratsiyalari qanday o‘tgan? Eng esda qolarli marosimlar (foto)

    20.01.2021, 14:31

    Donald Tramp 73 kishini afv etdi. Ular orasida o‘zi va oila a’zolari yo‘q

    20.01.2021, 13:33

    Vashingtonga inauguratsiya chog‘ida tartibni ta’minlash uchun 25 ming nafar Milliy gvardiya harbiylari yetib keldi

    20.01.2021, 12:12

    Donald Tramp xayrlashuv nutqini e’lon qildi (video)

    20.01.2021, 11:59

    AQSh dunyoda birinchi bo‘lib Xitoyni uyg‘urlarga nisbatan genotsidda aybladi. Konslagerlardagi millionlab odamlar, qiynoqlar va majburiy sterilizatsiya sababli

    20.01.2021, 10:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp

    Dunyo | 2 iyul, 09:10

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.