Farg‘onada Damas va MAN yuk mashinasi to‘qnashib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat YHXB.
Ma’lum qilinishicha, 12-yanvar kuni fuqaro J.P. Damas rusumli avtomashinasini O‘zbekiston tumani Daxana-Qaqir qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan M.Z. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgani, Navoiyda Matiz ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘lovchi vafot etgani hamda Namanganda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida haydovchilarning biri vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)