Daryo

Oybek va Nigora yangi uyga ko‘chdi, Ziyoda tug‘ilgan kunini nishonlash uchun Dubayga ketdi. Instagram yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqdagi eng qiziqarli foto va videolar

2 daqiqa o‘qish159 661 ko‘rishlar0 izoh0

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shahzoda Muhammedova dunyoga mashhur turk oshpazi Burak O‘zdemirning Dubaydagi restoraniga bordi. Oshpaz-mem aktrisa uchun ajoyib shou uyushtirdi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Aktrisa Luiza Rasulova Samarqand shahrida to‘y xizmatida bo‘ldi.

Foto: Instagram

Turkiyalik aktyor Burak O‘zchivit yangi surat bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Jahongir Otajonov muxlislariga ikki dunyo saodatini tiladi.

Foto: Instagram

Hind aktrisasi Madxuri Dikshit oilasi bilan hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Bir guruh san’atkorlar yangi uyga ko‘chib o‘tgan xonandalar Oybek va Nigoraning uyiga mehmonga bordi.

Turk aktrisasi Nur Fettaho‘g‘lu Albert Eynshteynning ibratli so‘zlarini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Xonanda Ziyoda 7-yanvar kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. U ushbu sanani nishonlash uchun Dubayga yo‘l oldi.

Madina Mumtoz dugonasiga atalgan dil so‘zlarini sahifasiga yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Aktrisa va model Aziza Xalilova Maldiv orollaridan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan shahar aylanishga chiqdi.

Foto: Instagram

Rayhon G‘aniyeva ham egizaklarini olib tog‘ga hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va komik aktrisa Halima Ibragimova bilan Hilton mehmonxonasining 21-qavatidagi restorandan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar