Daryo

Samsung “yashirinish” xususiyatiga ega selfi-kamerali smartfon yaratadi

Patentda tasvirlangan texnologiyada selfi-kamera to‘liq “yashirinish” xususiyatiga ega — faollashtirilganida yana paydo bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish21 612 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigital

Samsung kompaniyasi frontal kameralar uchun mo‘ljallangan noodatiy texnologiyani patentladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: LetsGoDigital

Bir necha ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Oppo va Xiaomi frontal kamerasi ekran ostiga joylashgan smartfon prototiplarini taqdim etgandi. Yaqinda ZTE Axon 20 5G — selfi-kamerasi ekran ostida joylashgan dunyodagi ilk smartfonni ishlab chiqardi. Unda maxsus plyonka va qoplamadan foydalanilgan bo‘lib, ekrandagi shaffoflik maksimal darajada ta’minlangan. Biroq tasvir sifati u qadar yaxshi emas.

Samsung kompaniyasi ham ekran ostida kamerani joylashtirish borasidagi murakkab texnologiya ustida ish olib borayotgani sir emas, biroq kompaniya unga qadar vaqtincha yechimlarni taqdim etishi mumkin. Masalan, xuddi yangi patentda tasvirlanganidek:

Foto: LetsGoDigital

Tasvirlardan ko‘rish mumkinki, selfi-kamera to‘liq “yashirinish” xususiyatiga ega — faollashtirilganida yana paydo bo‘ladi. Biroq qolgan barcha vaqtda uni ikkinchi displey yopib turadi. Mazkur qo‘shimcha displeyda soat va batareya quvvati haqidagi ma’lumotlar tasvirlanishi mumkin. Shuningdek, uni sensor datchik bilan ham jihozlasa bo‘ladi, bu foydalanuvchiga barmoq bilan (yoki stilus) zarurat tug‘ilganida frontal kamerani yoqish imkonini beradi.

Foto: LetsGoDigital

Bundan tashqari, shaffof soha chapdan o‘ngga siljib, faqatgina kamera modulini ko‘zga tashlanadigan holda qoldirishi mumkin. Bu smartfonni ko‘z gavhari yordamida identifikatsiya qilish blokdan chiqaruvchilar uchun muhim. Ushbu holatda asosiy kamera va chaqmoq kerak bo‘lmaydi, shu sababli ular ko‘rinmaydi. Foydalanuvchi faqat biometrik autentifikatsiya vazifasini bajaruvchi kamerani ko‘radi, xolos.

Hozircha e’lon qilingan tasvirlar va uning izohi — g‘oya hisoblanadi, uning haqiqatga aylanishi uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Barchasi Samsung’ning kelajakdagi harakatlariga bog‘liq.

Mavzuga doir: Samsung Galaxy S21 rostdan ham Galaxy S20’dan arzonroq narxda sotuvga chiqadi. Yangi lineykadagi barcha modellar narxi oshkor qilindi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar