• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12674.37
    • RUB161.23
    • EUR14470.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusning yangi shtammi, Navalniyning qotili bilan suhbati va pandemiyada boyiganlar. Jahon hafta ichida

    Mana, ko‘plab qiyinchiliklar bilan o‘tgan 2020-yilning oxirgi haftasini ham ortda qoldirdik. Koronavirus atrofidagi raqamlar, Navalniy ishi, pandemiya oqibatlari kabi haftaning muhim voqealari haqida  quyida o‘qing.

    Koronainfo

    SARS-CoV-2 koronavirusining Buyuk Britaniyada aniqlangan yangi shtammi oldingi mutatsiyalardan ko‘ra ancha yuqumli bo‘lib, 2021-yilda kasallar va qurbonlar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Bu haqida London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining Yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi olimlari xabar bermoqda.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Buyuk Britaniya Jamoatchilik sog‘liqini saqlash xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, SARS-CoV-2’ning yangi shtammi qirollikda noyabr oyidan buyon faol tarqalmoqda. Mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turdagi koronavirus avvalgilaridan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfli emas.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20-dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Hozirda tashkilot bu shtammni o‘rganmoqda.

    O‘tgan haftada koronavirus qurbonlari soni dunyo bo‘yicha 1,7 milliondan oshgani ma’lum qilindi. Shuningdek, Yer sayyorasidagi koronavirus aniqlanmagan yagona qit’a Antarktidada ham kasallik aniqlandi. Shu tariqa kasallik kirib bormagan qit’a qolmadi.

    Antarktidadagi Chili tadqiqotlar bazasida 36 kishi koronavirusga chalindi. Xabarga ko‘ra, 26 nafar harbiy va 10 nafar fuqaro kasallandi. La Tercera’ning yozishicha, bu stansiyadagi jami xodimlardir. Ular Chiliga evakuatsiya qilindi. Kasallangan xodimlar o‘rnini esa yangi jamoa egalladi.

    Antarktidada muqim yashaydiganlar yo‘q, lekin bir nafardan besh nafargacha kishi har yili turli stansiyalarda ish olib boradi. Bu yerda turli mamlakatlarga tegishli 90 ga yaqin har xil stansiya bor.

    O‘tgan haftada Yer yuzi aholisining bir foizdan ko‘pi kasallik yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, yer aholisining soni ayni paytda 7,795 milliard kishi deb baholanmoqda. Ayni vaqtga qadar butun dunyoda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 80 milliondan oshib ketdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha barcha dunyo mamlakatlari ichida AQSh yetakchilik qilmoqda (19,4 million kishi). Birinchi uchlikka Hindiston (10,1 million) va Braziliya (7,4 million) ham kiradi. Ulardan keyingi o‘rinda Rossiya (3 million) bormoqda.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shuningdek, Buyuk Britaniya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Argentina va Kolumbiyada koronavirusni yuqtirib olganlar soni 1,5 milliondan oshdi. So‘nggi bir oy ichida dunyo bo‘yicha 20 million kishi koronavirusga chalindi.

    Qotili bilan gaplashgan Navalniy

    Rossiyalik siyosiy faol Aleksey Navalniyning zaharlanishi bilan bog‘liq voqealar bu oy ham tinmadi. Oldingi haftada siyosatchi o‘zining zaharlanishi bilan bog‘liq surishtiruv olib brogan edi. O‘tgan hafta boshida esa u o‘zi o‘tkazgan surishtiruv natijalarini e’lon qildi. U video tarzida qilgan murojaatida o‘zini zaharlagan qotil bilan telefon orqali suhbatlashganini aytdi.

    Videoda Navalniyning aytishicha, u o‘zining zaharlanishi ortida Federal xavfsizlik xizmatining guruhi turgani haqidagi surishtiruvni e’lon qilishdan oldin guruh a’zolaridan biri — Konstantin Kudryavtsev bilan gaplashdi va Kudryavtsev Navalniyni o‘ldirishga harakat qilinganini tasdiqladi.

    Navalniyning qayd etishicha, qo‘ng‘iroq 14-dekabr kuni ertalab — surishtiruv e’lon qilinishidan bir necha soat avval amalga oshirilgan edi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u “telefon prankerlari foydalanadigan eng oddiy dastur” yordamida o‘z raqamini yashirgan hamda uning o‘rniga FXX xodimlari bir-biriga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradigan kommutator raqamini qo‘ygan.

    “Hisob-kitob oddiy. Ertalab soat yettida qo‘ng‘iroq, sen tanish xizmat raqamini ko‘rasan, go‘shakni ko‘tarasan va gaplashishni boshlaysan. Men qo‘ng‘iroq qilganlarning deyarli barchasi javob berdi, deyarli barchasi tezda go‘shakni qo‘ydi. Keyin esa bizni katta omad kutib turgandi”, deya hikoya qildi Navalniy. Siyosatchining aytishicha, u Konstantin Kudryatsev bilan 45 daqiqa gaplashishga muvaffaq bo‘ldi.

    O‘z navbatida, Rossiya FXX Navalniyning o‘z qotili bilan suhbati aks etgan yozuvni soxta deb atadi.

    “Telefon suhbati aks etgan videorolik qalbaki. Abonent raqamini o‘zgartirib qo‘yish usulidan foydalanish — xorijiy maxsus xizmatlarda ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l, bu ilgari Rossiyaga qarshi aksiyalarda bir necha marta ishga solingan, u suhbatning haqiqiy ishtirokchilarini aniqlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi”,  deyiladi xabarda.

    Videodan kadr

    Videodan kadr

    FXX JAMda qo‘shimcha qilishlaricha, FXX xodimlarining Navalniyning zaharlanishidagi ehtimoliy ishtiroki yuzasidan tekshiruv Rossiya maxsus xizmatlariga qarshi qaratilgan rejali provokatsiya hisoblanadi.

    “Navalniy tomonidan internet tarmog‘iga joylashtirilgan, go‘yoki, unga qarshi olib borilgan harakatlar yuzasidan ‘tekshiruv’ Rossiya FXX va uning xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan rejalashtirilgan provokatsiya hisoblanadi, buni esa chet el maxsus xizmatlarining tashkillashtirilgan va texnik ko‘magisiz amalga oshirish imkoni yo‘q”, deyiladi xabarda.

    AQSh esa Rossiyani Navalniyning zaharlanishi borasida fitna nazariyalarini yaratishda aybladi. Bu haqida Davlat departamenti vakili CNN’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Davlat departamenti vakili aytishicha, Rossiyaning Aleksey Navalniyning zaharlanishi haqidagi savollarga javob bera olmasligi ko‘p narsani anglatadi.

    “Rossiya ko‘plab, asosan bir-biriga zid bo‘lgan fitna nazariyalarini ilgari surdi. Keling, ochiqchasiga gaplashamiz: bunday fitna nazariyalari Rossiya hukumati oldida turgan va hali javobini kutayotgan jiddiy savollardan e’tiborni chalg‘itish usulidan boshqa narsa emas”, deya ta’kidladi u.

    Ko‘rinishidan, Navalniy ishi borasidagi gap-so‘zlar va siyosiy mojaro hali beri to‘xtamaydiganga o‘xshaydi.

    Pandemiyada boylik orttirganlar

    O‘tgan haftada Forbes jurnali pandemiya davrida sog‘liqni saqlash tizimida ellik nafar yangi milliarder paydo bo‘lganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ularning boyligi vaksina ishlab chiqaruvchi yoki tibbiy qurilmalar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar aksiyalari qiymati oshgani hisobiga ortdi. Yangi milliarderlarning aksariyati virusning dastlabki o‘chog‘i paydo bo‘lgan Xitoyda yashaydi.

    Forbes nashriga ko‘ra, pandemiya paytida boyib ketgan yangi milliarderlar orasidan quyidagilar o‘rin oldi:
    • Ugur Shahin — Germaniyaning BioNTech biotexnologik kompaniyasi bosh direktori;
    • Stefan Bansel — Amerikaning Moderna kompaniyasi rahbari;
    • Yuan Lipin — Du Veyminning sobiq rafiqasi, Shenzhen Kangtai Biological Products kengashi raisi;
    • Xu Kun — Xitoyning tibbiy qurilmalar, jumladan, nebulayzerlar, stetoskoplar va tonometrlar ishlab chiqaradigan Contec Medical Systems kompaniyasi rahbari;
    • Karl Xansen — Kanadaning sun’iy ong va mashinaviy o‘qitish texnologiyalari yordamida antitanalar qo‘llagan holda davolashning eng istiqbolli usullarini izlash bilan shug‘ullanuvchi AbCellera kompaniyasi rahbari;
    • Timoti Sprinjer — Moderna asoschilaridan biri (ikki milliard dollar);
    • Serjio Stevanato — Italiyaning Stevanato Group kompaniyasi rahbari

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Forbes’ning yozishicha, 2020-yil oxiriga kelib dunyodagi 2,2 mingdan ortiq milliarder 1,9 trillion dollarga boyib ketdi. Barcha milliarderlarning umumiy boyligi 11,4 trillion dollarga baholanmoqda — bu ularning 2019-yil 31-dekabr holatiga nisbatan 20 foizga ko‘p. Milliarderlar boyligining oshishiga asosiy sabab yil davomida davom etgan fond bozorlaridagi qimmatbaho qog‘ozlar narxining o‘sishi bo‘ldi.

    Efiopiyadagi jangarilar hujumi

    Efiopiyaning G‘arbiy Benishangul-Gumuz tumanida bu hafta noma’lum jangarilar hujumiga uchragan 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Qayd etilishicha, mintaqada etnik zo‘ravonlik tez-tez uchrab turadi. Ma’lum qilinishicha, 207 nafar qurbon va hujum qilganlardan yana 15 kishi dafn etildi. Hujumni noma’lum qurollangan guruh amalga oshirdi. Bosh vazir Abiy Ahmad 26-dekabr kuni mojaro zonasiga federal qo‘shinlarni yubordi. Harbiylar qishloqqa hujum qilishda ayblangan 42 jangarini o‘ldirdi.

    Efiopiyadagi qurolli nizo federal hukumat TOMF’ning harbiy bazaga hujum qilishda ayblaganidan keyin kuchayib ketdi. Nizo qurbonlarining aniq soni ma’lum emas. Reuters va AFP ta’kidlashicha, nizo tomonlari da’vo qilayotgan ma’lumotlarni tekshirish mushkul bo‘lmoqda, chunki mintaqada internet va telefon aloqasi ishlamayapti.

    Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi urushni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi bosh vazir Abiy Ahmad boshlagan edi. Nizo noyabr oyining boshidan beri davom etmoqda.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    28.12.2020, 08:33   Izoh (0)   30562
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tailand turistlar uchun qachondan boshlab ochilishi ma’lum qilindi

    28.12.2020, 07:58

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’foga chiqishga tayyorligini ma’lum qildi

    28.12.2020, 07:42

    Putin koronavirusga qarshi emlanmoqchi

    28.12.2020, 07:13

    AQShda COVID-19’ga qarshi vaksina olishdagi firibgarliklar bo‘yicha tekshiruv boshlandi

    27.12.2020, 20:15

    Tramp Baydenni soxta prezident deb atab, respublikachilarni saylov natijalariga qarshi chiqishda davom etishga chaqirdi

    27.12.2020, 19:56

    JSST rahbari bu pandemiya insoniyat uchun oxirgisi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi

    27.12.2020, 18:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya chet ellik sayyohlar uchun mamlakatga kirish qoidalarini kuchaytiradi

    Dunyo | 11 iyun, 16:25

    O‘zbekistonda dollar kursi yana tushdi

    O‘zbekiston | 11 iyun, 16:14

    Tramp: Eron G‘azodagi garovga olinganlar muzokaralarida ishtirok etmoqda (video)

    Dunyo | 11 iyun, 16:05

    Xiaomi antibakterial xususiyatga ega aqlli chemodanni taqdim etdi

    Gadjetlar | 11 iyun, 15:56

    Suriyada dron zarbalari sabab ikki kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 11 iyun, 15:55

    Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar endi terminal ichiga kirishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 iyun, 15:44

    O‘zbekiston terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida qancha mukofot puli olishi mumkin?

    Sport | 11 iyun, 15:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.