Butun pandemiya davrida dunyo bo‘ylab 1,7 milliondan ortiq kishi koronavirus oqibatida vafot etgan, deb xabar beradi “Kommersant” Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib. Kasallikni yuqtirib olganlar soni 77,3 milliondan oshgan, shularning 43,5 mingdan ziyodi sog‘aygan.
Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh (18 million kishi), ikkinchi o‘rinda Hindiston (10 million) va uchinchi o‘rinda Braziliya (7 million) turibdi. O‘limlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchilik qilmoqda (319 ming), undan keyinda Braziliya (187 ming) va Hindiston (145,8 ming) bormoqda.
Rossiya bemorlar soni bo‘yicha to‘rtinchi (2,8 million), vafot etganlar soni bo‘yicha esa to‘qqizinchi (50,7 ming) o‘rinda turibdi.
21-dekabr kuni Rossiyada sutka davomida 29 350 kishida koronavirus aniqlanib, pandemiya boshidan buyon kasallanganlar soni ortishi bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatilgani xabar berilgan edi.
Shu kuni Buyuk Britaniyada bir kecha-kunduzda 35,9 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgani, bu pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani xabar berildi.
Izoh (0)