Daryo

OFK “Nasaf”ga OChLda ishtirok etish huquqini bermadi. Qarshi jamoasi OFK Kubogida ishtirok etishi mumkin

“Paxtakor” va OKMK o‘rtasidagi kubok finali Osiyokuboklar yo‘llanmasiga hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi oydinlashdi

1 daqiqa o‘qish40 226 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Nasaf” FK

Osiyo futbol konfederatsiyasi “Nasaf” futbol klubiga OFK Kubogida o‘ynashi mumkin bo‘lgan jamoalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda PFL direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

Foto: OFK

Biroq OFK qarshiliklar klubiga Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini bermagan. Avvalroq “Nasaf” OFK litsenziyalashidan o‘ta olmagani va bu orqali jamoaning OChLda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘lgandi.

Imomxo‘jayevning ta’kidlashicha, OFK tashkiloti “Nasaf”ga OFK Kubogida qatnashishga ruxsat bergan.

Shu tariqa Superligada ikkinchi qo‘lga kiritan “Nasaf” jamoasi O‘zbekiston Kubogi finali natijasidan qat’i nazar OChL saralashida ishtirok eta olmaydi.

“Paxtakor” chempionlikni qo‘lga kiritib, OChLga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan bo‘lsa, OKMK OChL saralashida ishtirok etadi. Agar olmaliqliklar OChLga yo‘llanma ola bilsa, “Nasaf” OFK Kubogi guruh bosqichiga chiqadi. OKMK pley-off bahslarida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa OFK Kubogiga yo‘l oladi va “Nasaf” xalqaro maydonda ishtirok eta olmaydi.

Shu tariqa “Paxtakor” va OKMK o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi finali Osiyokuboklar yo‘llanmasiga hech qanday ta’sir o‘tkazmasligi oydinlashdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar