Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bodring va bulg‘ori qalampiri yordamida tayyorlangan archa ko‘rinishidagi yeguliklar dasturxonning chiroyini, mehmonlarning ishtahasini ochib yuborishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Qizil bulg‘ori qalampiri – 1 dona;
  • Sarimsoq – 1-2 bo‘lak;
  • Tvorogli pishloq – 200-250 gramm;
  • Bodring – 1 dona;
  • “Tartaletka” – 6-8 dona;
  • Qizil ikra ta’bga ko‘ra;
  • Ko‘kat, tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Bulg‘ori qalampirining yarmi, sarimsoq va ko‘kat mayda to‘g‘raladi. Ustidan tvorogli pishloq va tuz solib, aralashtiriladi.
  2. “Tartaletka”lar pishloqli arlashma bilan to‘ldiriladi va ustidan ta’bga ko‘ra qizil ikra solinadi.
  3. Ortib qolgan bulg‘ori qalampiridan “tartaletka”lar soniga qarab yulduzcha shakli kesib olinadi.
  4. Shuningdek, bodring ham uzunasiga juda yupqa holatda kesib olinadi. Ularning soni ham “tartaletka”lar bilan bir xil bo‘lishi kerak.
  5. Bodring bo‘laklari tish tozalagich cho‘piga taxlam shaklida kiritiladi.
  6. Ularning uchiga yulduzcha shaklidagi bulg‘ori qalampiri joylashtiriladi va “tartaletka”lar ustiga qo‘yib chiqiladi.
  7. “Tartaletka”larning barchasi shu tarzda tayyorlanib, ko‘katlar bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)