“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, shu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi. Dam olish kunlari yuqori siklonli bulutli massiv asta-sekin O‘zbekistonning qolgan hududlariga siljiydi.
12-dekabrda janubi-g‘arbiy hududlarda, 13-dekabrda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin.
Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Avvalroq “O‘zgidromet” sinoptiklari dekabr oyida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)