Daryo

Kundalik turmushdagi piyoz bartaraf eta oladigan muammolar

Metallni yaltiratish, zangni ketkazish, chivin va suvaraklarni haydash uchun piyozdan yaxshisi yo‘q

1 daqiqa o‘qish41 222 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Dreamstime.com

Taomlarning shirin va mazali chiqishida hissasi katta bo‘lgan piyoz kundalik turmushda ham samarali hisoblanadi.

Foto: Dreamstime.com

Gril uskunasini tozalash uchun

Gril pishiradigan uskuna issiqligida unda qolgan ovqat qoldiqlarini piyoz bo‘lagi bilan arting. Buning uchun sanchqiga piyozni qadang hamda u bilan uskunani yaxshilab arting. Piyozdan ajralgan suyuqlik nafaqat tozalash, balki metallni dezinfeksiyalash xususiyatiga ham ega.

Bo‘yoq hidini ketkazishga yordam beradi

Piyozni to‘rt bo‘lakka bo‘ling, ustiga suv solib, bo‘yoq hidi ketmagan xonaga kechasi qo‘yib qo‘ying. Ertalab esa xonani shamollating, eshik va derazalar ochiq qolganda piyoz bilan birga xonadagi bo‘yoq hidi ham chiqib ketadi.

Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun

Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun saqich chaynagan holda po‘stini archib, to‘g‘rang.

Chivinlarni haydash uchun

Chivinlar piyoz hidini yoqtirmaydi. Qo‘llaringizga piyoz surtib yoting: chivinlar sizdan uzoq turishi aniq.

Pichoqning zangini ketkazish uchun

Zang bosgan pichoqni piyoz bo‘lagi bilan arting. Bir necha daqiqadan keyin natija yaqqol seziladi.

Oynalarni muzlab qolishdan himoya qiling

Mashina oynalari sovuqda muzlab qolmasligi uchun kechasi uni piyoz bilan artib qo‘ying.

Piyozni uzoq vaqt saqlash uchun

Piyoz uzoq vaqt turishi uchun teshiklari ko‘p qog‘oz paketda saqlang.

Metallni yaltiratish uchun

Piyozni blenderda maydalang va suv qo‘shing. Yumshoq latta bilan pichoq yoki boshqa metall buyum sirtini arting, keyin esa toza, quruq mato bilan artib tashlang.

Suvaraklardan qutulish uchun

Uyingizni suvarak bosgan bo‘lsa, ma’lum bir joyga kesilgan piyoz bo‘lagini qo‘yib qo‘ying. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar