Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyatining Pop tumani hokimi hududdagi tashkilotlar rahbarlarini paxta terimiga majburiy jalb qilgan. Bu haqda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Bekjon Jo‘raqulov.

Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov hududdagi tashkilotlar rahbarlarini 2020-yilgi paxta yig‘im-terimiga majburiy jalb qilgani uchun jarimaga tortilgan.

Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov yillik shartnoma rejasini bajargan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirish marosimida, 2020-yil 13-oktabr.

Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov yillik shartnoma rejasini bajargan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirish marosimida, 2020-yil 13-oktabr.
Foto: Pop tumani hokimligi axborot xizmati

Bundan tashqari, Namangan shahridagi qurilish mollari bozori rahbariyati tadbirkorlardan paxta kampaniyasiga terimchi yollash uchun 800 ming so‘mgacha pul talab qilgan.

Avvalroq 2020-yilgi paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlarining 42 foizi Namangan viloyatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi — bu mamlakat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga sharoit yaratib berilgani uchun viloyatning Chortoq tumani hokimi A.Otaxo‘jayev va Uchqo‘rg‘on tumani hokimi A.Vahobovga hukumat farmoyishiga asosan hayfsan berilgan va ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha ogohlantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova