Dunyoga mashhur turkiyalik aktrisa Nur Fettaho‘g‘lu karyerasi bilan bog‘liq rejalari haqida bo‘lishdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, serialda suratga tushish niyati yo‘q. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa karyerasini suratga olish maydonchalarida davom ettirishga amin emas. Uning uchun teatrlashtirilgan tomoshalar seriallarda ishlashdan ko‘ra yaxshiroq.
“Yaqinda raqamli platforma bilan ishlash uchun shartnoma imzoladim. Ammo bu film ham, serial ham emas. U teatrlashtirilgan tomosha bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu mening faoliyatimdagi yangi bosqichga aylanadi”, — deydi yulduz.
Ma’lumot uchun, aktrisa o‘zbek teletomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil”, “Bobil” va “Opa-singil qizlari” kabi seriallardagi obrazlari bilan yaxshi tanish.
Izoh (0)