• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yakunlangan Qorabog‘ urushi, Tehronda fizik olimning o‘limi, Afg‘onistonda portlash. Noyabr oyi yakunlari

    Barchamiz uchun juda qiyin kechgan 2020-yilning o‘n birinchi oyini ham nihoyasiga yetkazdik. Xo‘sh, bu oy nimalar bilan yodimizda qoldi ? Odatdagidek, oy davomida jahonda sodir bo‘lgan muhim voqealar haqida quyida qisqacha hikoya qilamiz.

    Mavzuga doir:

    • Yong‘inlar to‘xtadi, tojvirus epidemiyasi boshlandi. Sulaymoniy o‘ldi, Haysam ibn Tariq yashadi. Yanvar nimalar bilan esda qoldi?
    • Chegara bilmas koronavirus, Idlibdagi mojaro, Oltinsoy voqealari, “Oskar”ni egallab olgan “Parazitlar”. Fevral nimalari bilan esda qoldi?
    • Karantindagi dunyo. O‘zbekistonda koronavirus qanday kutib olindi? Mart oyining yakunlari
    • Chekinishni istamayotgan COVID-19 va karantindan voz kechayotgan Yevropa. Aprel oyi yakunlari
    • Sardoba voqealari va tarqalishda davom etayotgan koronavirus. May oyi yakunlari
    • Koronavirusdan yangi raqamlar, So‘x voqealari, yomonlashayotgan Janubiy va Shimoliy Koreya aloqalari. Iyun oyi yakunlari
    • Koronavirusning hujumi, Avliyo Sofiyadagi ilk juma namozi va Putin bilan Furgal orasidagi mojaro. Iyul oyi yakunlari
    • Afg‘onistondagi terakt, Livan inqirozining “portlashi” va Belarusdagi muammoli saylov. Avgust oyi yakunlari
    • Koronavirus raqamlarining o‘sishi, Belarusdagi yashirin inauguratsiya, Qorabog‘da urush. Sentabr oyi yakunlari
    • Koronavirusdan ikkinchi to‘lqin, Tog‘li Qorabog‘ masalasi, Turkiyadagi zilzila. Oktabr oyi yakunlari

    Qorabog‘da urush tugadi

    Shu yilning 27-sentabrida Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida boshlangan harbiy harakatlar 10-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetdi. 10-noyabr kuni Armaniston bosh vaziri Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari bilan birgalikda o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlikparvar kuchlarni Tog‘li Qorabog‘ga kiritish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzoladi. Armanistonda bu taslim bo‘lish deb qabul qilindi. 11-noyabr kuni Pashinyanning iste’fosini talab qilgan keng miqyosli namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ammo bu bilan mazkur mojaro borasidagi fikrlar to‘xtamadi. Fransiya Senati mamlakatdagi bir qator faollar tomonidan qilingan turli murojaatlardan keyin Qorabog‘ mustaqilligini tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bir kishi rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi, 305 kishi uni qo‘llab-quvvatladi.

    Fransiya Senati Ozarbayjon qurolli kuchlari va ularning tarafdorlarini 27-sentabrdan beri mintaqada o‘tkazilgan harbiy harakatlar natijasida tortib olingan hududlardan zudlik bilan olib chiqib ketishga chaqirdi. Senat Turkiya hukumati va chet ellik yollanma askarlar ko‘magida amalga oshirilgan Ozarbayjonning harbiy tajovuzini qoraladi.

    Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu rezolyutsiyani “tarixiy qaror” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘ni tan olish xalqaro kun tartibiga kiradi. Bunga javoban Fransiyaning Bokudagi elchisi Zakari Gross 26-noyabr kuni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga Fransiya Senati tomonidan 25-noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiya sababli norozilik notasi topshirildi.

    “Fransiya elchisiga Senatning qarori xalqaro qonunchilikka, BMT nizomiga, Xelsinki yakuniy aktiga, BMT Xavfsizlik Kengashining 1993-yildagi qarorlariga zid ekani to‘g‘risida xabar berildi”, deya ma’lum qildi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi.

    O‘z navbatida, elchi Parijni Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining pozitsiyasi to‘g‘risida xabardor qilishi haqida aytdi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Jan-Batist Lemuanning fikricha, Fransiyaning Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini bir tomonlama tan olishi hech kimga foydali bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qadam Fransiya hukumati, Yerevan va Parijning boshqa sheriklari siyosatini aks ettirmaydi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Fransiyaning o‘z-o‘zini respublika deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ni tan olmasligini ma’lum qildi.

    Foto: “Vzglyad.az”

    Foto: “Vzglyad.az”

    “25-noyabr kuni Senat rezolyutsiya qabul qildi, u Fransiya hukumatini Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiradi. Ovoz berishdan oldin bo‘lib o‘tgan munozaralarda TIV huzuridagi davlat kotibi Jan-Batist Lemuan ushbu masala bo‘yicha Fransiya hukumati pozitsiyasini ma’lum qildi, deyildi kommyunikeda, – Fransiya o‘z-o‘zini respublika deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ni tan olmaydi”.

    Yadro fizik o‘ldirib ketildi

    Oyning yana bir shov-shuvli xabari Tehron yaqinida mamlakatning yetakchi yadro fizigi Muhsin Faxrizoda suiqasd oqibatida o‘ldirilishi bo‘ldi.

    Eron mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Faxrizoda mashinasiga terrorchilar hujum qildi. Olim uning qo‘riqchilari va hujumchilar o‘rtasidagi otishmada jiddiy jarohat oldi va keyinchalik kasalxonada vafot etdi. Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifning aytishicha, jinoyat sodir etilgan holat ortida Isroil turgan bo‘lishi ehtimoli bor, degan fikrga kelishga asos bo‘lishi mumkin.

    Faxrizoda Eron yadro dasturining yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri edi, 2018-yilda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu olimni Tehronning barcha yadro loyihasining rahbari ekanini aytgan edi. OAVlar uni “Eronlik Oppengeymer” va “Eron bombasining otasi” deb atardi. Qayd etish joizki, Eronda yadro quroli hozircha yaratilmadi.

    Mazkur voqea ortidan Eron hukumati mamlakat Mudofaa vazirligi olimning o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da berdi. Bu kabi bayonot bilan Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Husayn Dehqon chiqish qildi. Shuningdek, Eron prezidenti Xasan Ruhoniy ham yadro fizigining o‘limi javobsiz qolmasligini ma’lum qildi. “Mazkur jinoyat javobsiz qolmaydi, o‘z vaqtida unga javob qaytariladi”, deydi ruhoniy.

    Foto: Mehr agentligi

    Foto: Mehr agentligi

    Mintaqada liderlikka da’vogar davlatlardan biri Turkiya mazkur voqea yuzasidan o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi. Jumladan, Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi tufayli mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘radi. Turkiya TIVning munosabati idora saytida e’lon qilindi.

    “Biz barcha tomonlarni oqilona va vazminlik bilan harakat qilib, mintaqada nizoni kuchaytirishga olib keluvchi ishlarga qo‘l urmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

    TIV qotillikni qoralab, marhumning oilasiga va Eron hukumatiga ta’ziya bildirdi.

    Afg‘onistonda portlash

    Shu yilning 29-noyabr kuni Afg‘onistonning G‘azni shahrida portlash yuz berdi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 28 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi. Guvohlar xavfsizlik xizmati xodimlari va jangarilar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qildi. Afg‘oniston qurolli kuchlari bazasi yaqinida xudkush-terrorchi bo‘lgan avtomashina portladi. Mahalliy kasalxona rahbari jabrlanganlarning barchasi harbiy xizmatchilar ekanini ma’lum qildi. Hali bironta guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

    Noyabr oyi boshida qurollangan shaxslar Kobuldagi universitetga hujum qilgandi. Oqibatda, 19 kishi halok bo‘lib, 22 kishi jarohatlangandi. Terakt tufayli mamlakat hukumati motam e’lon qildi.

    Koronainfo

    Koronavirusdan kasallanish holatlari so‘nggi ikki oyda keskin suratda o‘sishda davom etmoqda. Jumladan, oy davomida kasallar soni quyidagi ko‘rinishda o‘sdi: 5-noyabr kuni 48 million, 9-noyabr kuni 50 million, 14-noyabr kuni 53 million, 26-noyabr kuni 60 million, 28-noyabr kuni esa 61 million kishidan ortib ketdi. 29-noyabr holatiga kelib, dunyoda COVID-19’ga chalinganlar soni 62 milliondan oshdi. Ma’lumot Jon Hopkins universiteti tomonidan taqdim etildi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Infeksiya jami 62 094 127 kishida aniqlandi. Eng ko‘p kasallanish holatlari AQShda qayd etildi — 13,2 millionta. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (9,5 million), uchinchi o‘rinda — Braziliya (6,2 million). Yetakchi mamlakatlar beshligidan Fransiya (2,26 million) va Rossiya (tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra 2,24 million) ham joy oldi.

    Pandemiya boshidan buyon dunyoda 1,4 million kishi koronavirusdan vafot etdi. O‘lim holatlari bo‘yicha ham AQSh yetakchi bo‘lib qolmoqda, mamlakatda koronavirusga chalingan 266 ming kishi vafot etdi. Undan keyinda Braziliya (171,9 ming), Hindiston (136,2 ming), Meksika (104,2 ming) va Britaniya (58,1 ming) bormoqda.

    Mazkur oy davomida kasallikka qarshi vaksinalar yaratilishi borasida ham bir qator yangiliklar bo‘ldi. Jumladan, AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19’ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu vaksinaning dozasi AQSh uchun 19,5 dollarni tashkil etadi (ikkala komponentning qabul qilinishi 39 dollarga tushadi), boshqa bir Amerika kompaniyasi Moderna vaksinasining bir dozasi narxi esa 25-37 dollarni tashkil qiladi.

    Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi 95 foizdan oshgani ma’lum qilingan. Uning ikkita dozasi narxi xalqaro bozor uchun, taxminan, 20 dollarni tashkil qiladi, rossiyaliklar uchun vaksina bepul bo‘ladi. Bir qator OAVlar bergan xabarlarga ko‘ra, United Airlines aviakompaniyasi koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini AQSh va Yevropa omborlarida yetkazishni boshladi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, bu tegishli organlar dori vositasini tasdiqlaganidan so‘ng, imkoni boricha aholini tezroq vaksinatsiyadan o‘tkazish uchun amalga oshirilmoqda. Vaksinalar Michigan shtatidagi va Belgiyadagi omborlarga yetkazilmoqda. Keyinroq Viskonsin va Germaniyaga ham shu kabi yetkazib berishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.

    Vaksinani yetkazib berish uchun aviakompaniya qonunda belgilanganidan besh barobar ko‘proq (6,8 tonna) quruq muzni tashishga ruxsat so‘radi. Bu samolyot bortida vaksinani saqlash uchun xavfsiz haroratni ta’minlash uchun zarur.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    30.11.2020, 09:26   Izoh (0)   38297
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” fotosayohati: Kemalar, dengiz vokzali, baliq tutayotgan odamlardan iborat Bosfor bo‘g‘ozi

    30.11.2020, 09:10

    Eron prezidenti yadro fizigi o‘ldirib ketilganidan keyin xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida topshiriq berdi

    29.11.2020, 23:24

    Video: Indoneziyadagi Levotolo vulqonining uyg‘onishi

    29.11.2020, 21:50

    Afg‘onistonda yuz bergan portlash oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    29.11.2020, 16:26

    Efiopiya hukumati Tigrayda harbiy operatsiya tugatilganini ma’lum qildi

    29.11.2020, 15:25

    Turkiya eronlik olim o‘ldirilganidan keyin mintaqada tinchlikni buzmaslikka chaqirdi

    29.11.2020, 14:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.