Qo‘shiqchi Madonnaning uchta uyi bor, ulardan ikkitasi Nyu-Yorkda, bittasi esa Portugaliyada joylashgan. Shunga qaramay, xonanda karantinni Beverli-Hillzdan oyiga 120 ming dollarga ijaraga olgan uyida o‘tkazishga qaror qilgan.
1940-yillarda aktyor Bert Lara uchun arxitektor Pol Revir Uilyams tomonidan qurilgan mazkur uyda Pol Makkartni, Osbornlar oilasi, Melani Griffit, Adam Levin, Ellen Dejeneres va Merayya Keri yashagan.
Ayni vaqtda esa Madonna Axlamalik Uilyams va to‘rt nafar asrab olgan farzandlari: 15 yashar Devid Banda, 14 yoshli Mersi Jeyms va olti yashar egizaklar Stella hamda Ester bilan birgalikda yashamoqda.
To‘qqizta yotoqxona, shuncha yuvinish xonasi, beshta sanuzel bor bo‘lgan uyda, shuningdek, bouling va bilyard o‘yini xonasi, bar, qolaversa, kinoteatrni uchratish mumkin.
Uy hududida tennis korti, basseyn, golf maydoni, spa-salon va mehmonlar uchun alohida uy ham mavjud.
Mavzuga doir:
- “Titanik” va “Avatar” filmlari rejissori Jeyms Kemeronning 25 million dollarlik uyiga sayohat (foto)
- Foto: Dunyodagi eng badavlat inson — Jeff Bezosning Manhettendagi koshonasiga sayohat
- Fotojamlanma: Britni Spirsning italyancha uslubdagi hashamatli villasi
- Jennifer Lopes va Aleks Rodrigesning Mayamidagi 40 mln dollarlik yangi villasiga sayohat (foto)
- R’n’B qirolichasi, 2019-yilning eng badavlat xonandasi Riannaning okean sohilidagi uyiga sayohat (foto)
Izoh (0)