Twitter’da R.Nover niki ostidagi foydalanuvchi ko‘pchilik 40 yoshni qarilik va ajinlar belgisi sifatida qarashlaridan charchagani, aslida esa umuman boshqacha bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. U o‘z suratlari bilan bo‘lishib, 40 yoshli boshqalarni ham bu kabi stereotiplarni yo‘qqa chiqarishga chaqirdi.
43 yoshli ayolning posti mashhur trenga aylanib ketdi: ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z suratlarini (yoki ota-onasining suratlarini) yuborib, yillar o‘tgan sayin inson yanada go‘zallashishini isbotlab bergan. O‘z navbatida, izoh qoldiruvchilar suratlar ostida maqtovlar yozib, tred ishtirokchilarining naqadar yosh ko‘rinishidan hayratga tushmoqda.
Shuningdek, tredda ba’zi erkaklar ham ishtirok etgan.
Izoh (0)