Chempionlar Ligasi. Haftaning eng chiroyli goliga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
UEFA tashkiloti Chempionlar Ligasining yarim final bosqichida urilgan eng chiroyli golini aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi.
Mazkur sovrin uchun to‘rt nafar o‘yinchi kurashmoqda.
Nomzodlar bilan tanishing:
“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri “Lion” darvozasiga urgan birinchi (Gnabri mazkur uchrashuvda dubl qayd etdi) goli uchun;
PSJ himoyachisi Markinyos “Leypsig” darvozasiga kiritgan g‘alaba to‘pi uchun;
PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya “Leypsig” darvozasiga urgan goli uchun;
“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Lion” darvozasiga kiritgan goli uchun;
Mavzuga doir: Chempionlar Ligasi. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
