Yirik xalqaro kompaniyalar Belarus davlat telekanallarida o‘z reklamalarini berishni to‘xtatmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘plab yirik kompaniyalar allaqachon davlat telekanallaridan o‘z reklamalarini olib tashlagan. Jumladan, Danone, Nestle va boshqa yirik kompaniyalar Belarusning davlat telekanallarida o‘z reklamalarini to‘xtatgan.
Qayd etilishicha, ko‘plab yirik reklama beruvchilar o‘tgan haftadan boshlab reklamalarini qaytarib olishni boshlagan.
Ayni paytda Belarus davlat telekanallari xodimlarining bir qismi ish tashlab, norozilik namoyishlarida qatnashmoqda.
Izoh (0)