• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 16-avgust kuni 628 kishida koronavirus aniqlandi. Bu oxirgi 3 haftadagi eng past ko‘rsatkich

    O‘zbekistonda 15-avgust soat 23:30 dan 16-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 628 ta holat qayd etildi. Bu oxirgi 21 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35329 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 232, “Daryo” hisobi bo‘yicha 241 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 232, “Daryo” hisobi bo‘yicha 241 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 628 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 382 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 169 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 41 nafar;
    • Buxoro viloyatida — 13 nafar;
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 10 nafar;
    • Namangan viloyatida — 5 nafar;
    • Andijon viloyatida — 3 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 3 nafar;
    • Xorazm viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 9 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

    Toshkent shahrida 382 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 16 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—16-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 6761 ta yangi holat aniqlandi.

    Toshkent viloyatida 169 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 15 kuni ichida Toshkent viloyatida (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 2477 kishida koronavirus aniqlandi.

    17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshlagandi. O‘shanda viloyatda 1678 nafar bemor bor edi, butun O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlarining 10,75 foizi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelardi. Bir oy ichida Toshkent viloyatida kasallikka chalinganlar 3 baravardan ham oshib ketdi. Hozirda viloyatda 5472 nafar bemor bor, bu O‘zbekiston bo‘yicha virusga chalinganlarning 15,5 foiziga teng.

    Samarqand viloyatida 41 kishida COVID-19 aniqlandi. Yakuniga yetgan haftada Samarqand har kuni yangi bemorlar ro‘yxatga olindi, bu kunlarning oltitasida viloyat kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri va viloyatidan so‘ng uchinchi natijani qayd etdi. Bemorlarning umumiy soni bo‘yicha ham dastlabki uchlikning ketma-ketligi aynan shundaydir. Samarqand uchun avgust oyi eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan oy bo‘ldi. 16 kun ichida viloyatda 532 kishida kasallik aniqlandi. Butun iyul oyida Samarqandda 487 kishida COVID-19 qayd etilgandi. Viloyatda kasallik yuqtirganlarning umumiy soni hozirda 1470 nafarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Samarqandga qo‘shni Jizzax viloyatida bundan roppa-rosa 10 baravar kam bemor aniqlangan.

    Buxoro viloyatida 13 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda 12-avgustdan beri endi yangi holatlar ro‘yxatga olindi. Avgust oyida Buxoroda koronavirusga chalinish holatlari 186 taga ko‘paydi, bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 18 foiziga tengdir. Koronavirus yuqtirib olganlar orasida Buxoro viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ham bor, unda 25-iyul kuni koronavirus aniqlangan, hozirda u Toshkentda davolanmoqda.

    Mavzuga doir: Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov koronavirusdan sog‘ayib, o‘z ishiga qaytdi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 kishida COVID-19 aniqlandi. Avgust oyida Qoraqalpog‘istonda jami 82 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Respublikadagi jami kasallanish holatlarining 18,7 foiziga tengdir.

    Namangan viloyatida 5 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlar soni 825 nafarga yetdi. Ushbu beshta holat haqida SSV 16-avgust soat 10:00 da xabar berdi, ammo Namkoronavirusinfo kanali 15-avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra bemorlar soni 5 nafarga oshib, 825 nafarga yetganini ma’lum qilgandi.

    Andijon viloyatida 3 kishida koronavirus qayd etildi. Viloyatda bir oy ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmadi. Hozir Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 1143 nafarga yetgan. Bu vodiyning qolgan ikki viloyati — Namangan (825 ta holat) va Farg‘ona (310) viloyatlaridagi umumiy kasallanganlar sonidan (1135) ham ko‘p deganidir.

    Farg‘ona viloyatida 3 kishida koronavirus aniqlandi. Farg‘onada koronavirusga chalinganlar soni 310 nafarga yetdi. Ushbu holatlarning 56 tasi yoki 19 foizi avgustda aniqlandi.

    Xorazm viloyatida 2 kishida COVID-19 qayd etildi. Ketma-ket uchinchi kun Xorazmda yangi bemorlar ro‘yxatga olinmoqda. Bunaqasi viloyatda yoz oyida hech ham kuzatilmagan (“Daryo” koronavirus bemorlari bo‘yicha kunlik hisobotlarni 1-iyundan boshlagandi).

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar berdi. SSV 12—15-avgust kunlar har kuni 5 nafardan bemor vafot etayotgani haqida xabar bergandi. O‘limlar soni yana 6 taga chiqdi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. ismli erkak vafot etgan. SSV Toshkent viloyatida 3-avgustdan beri 15 kishi vafot etgani haqida xabar berdi. Hozirda viloyatlar o‘limlar soni SSV hisobi bo‘yicha 26 taga yetgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. ismli erkak vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. SSV Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashagan 51 yoshli G‘.J. ismli erkak vafot etganini xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, vafot etgan erkak Shofirkon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi davlat YHXX katta inspektori mayor Jumayev G‘ofurjon Xolmurodovichdir.

    Foto: YHXBB

    O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi 16-avgust kuni G‘ofurjon Jumayevning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etgandi.

    Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 68 yoshli J.S. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 232 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 241 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda dafn etilgan ayol shifoxonadan farzandlariga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar tarqaldi. SSV bunday voqea bo‘lishi mumkinligini rad etdi

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4124 nafar bemordan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 4 kundan buyon kamaymoqda: 12-avgust kuni 1785 kishining ahvoli og‘ir bo‘lgan bo‘lsa, 13-avgustda 1740, 14-avgustda 1651, 15-avgust kuni 1306, endi esa 1047 nafar bemorning ahvoli og‘ir. Bu so‘nggi 10 kun ichidagi eng past ko‘rsatkich. Hozirda davolanayotgan bemorlarning 25 foizi yoki boshqacha aytganda har 4 nafar bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir bo‘lib turibdi.

    Kasallikdan davolanish

    16-avgust kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida 930 kishi koronavirusdan sog‘aydi. 11-avgustdan 15-avgustgacha har kuni 1000 nafardan ortiq bemor tuzalayotgandi, 12-avgust kunidagi 1569 nafar bemorning sog‘ayishi hozircha rekord bo‘lib turibdi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 625 nafari Toshkent shahrida;
    • 216 nafari Toshkent viloyatida;
    • 31 nafari Samarqand viloyatida;
    • 15 nafari Buxoro viloyatida;
    • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
    • 11 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 8 nafari Navoiy viloyatida;
    • 5 nafari Andijon viloyatida;
    • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 3 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    SSV ushbu bemorlar statsionar va uy sharoitida davolanganini aytgan. Biroq ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35329 nafar bemordan 30973 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha ketma-ket uchinchi kun rekord yangilanmoqda.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 4124 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Eslatib o‘tamiz, 10-iyuldan O‘zbekistonning barcha hududlari “qizil” hududga tenglashtirilib, karantin cheklovlari kuchaytirilgandi. 9-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra esa koronavirusdan davolanayotganlar soni 4226 nafarni tashkil etgandi. Bu davolanishdagi bemorlar soni karantin cheklovlari kuchaytirilishidan avvalgi ko‘rsatkichga tushganini anglatadi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 3044 nafar. Farg‘onada 5, Jizzaxda 9, Qashqadaryoda 18, Navoiyda 20, Surxondaryoda 27, Xorazmda 28, Qoraqalpog‘istonda 33, Sirdaryoda 35, Namanganda 45, Andijonda 45, Buxoroda 74, Samarqandda 148 va Toshkent viloyatida 593 nafar bemor qoldi.

    17.08.2020, 00:09   Izoh (0)   112660
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus infeksiyasi epilepsiya xurujini chaqirishi to‘g‘risida ma’lumot berildi

    16.08.2020, 23:46

    Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    16.08.2020, 23:30

    O‘zbekistonda dafn etilgan ayol shifoxonadan farzandlariga qo‘ng‘iroq qilgani haqida xabar tarqaldi. SSV bunday voqea bo‘lishi mumkinligini rad etdi

    16.08.2020, 22:54

    Koronavirusga qarshi kurashda yordam beruvchi rossiyalik shifokorlar guruhi O‘zbekistonga yetib keldi (foto)

    16.08.2020, 22:00

    Rossiya va Belarus harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun Farg‘onaga yetib keldi (foto)

    16.08.2020, 21:48

    SSV Toshkentdagi 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining murojaati yuzasidan izoh berdi

    16.08.2020, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi o‘ta yupqa va magnit bilan yopishadigan yangi poverbank taqdim etdi

    Gadjetlar | 31 may, 16:55

    Murodjon Ahmadaliyev meksikalik, Bektemir Meliqo‘ziyev esa amerikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 31 may, 16:45

    Samarqandda “tomosha ko‘rsatgan” qozog‘istonliklar xalqdan uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 16:20

    Mashhur rassom Benksi Fransiyada yangi graffiti chizib qoldirdi

    Qo‘ziqorin | 31 may, 15:44

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.