AQShning Jons Hopkins universiteti taqdim qilib kelayotgan statistikaga ko‘ra butun dunyoda SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasiga chalingan kishilar soni 21 milliondan oshdi.
Pandemiya boshlanganidan beri 15-avgust Toshkent vaqti bilan soat 02:30 holatiga ko‘ra dunyo bo‘yicha jami 21 025 016 ta testning javobi “ijobiy” deb topilgan.
Jahonda COVID-19 kasalligi asoratlari oqibatida vafot etganlar soni esa 761 612 nafarni tashkil qilmoqda.
AQSh kasallanganlar soni bo‘yicha yaqqol yetakchi — mamlakatda infeksiyani yuqtirib olganlar soni 5,29 milliondan oshib ketgan. Braziliya ikkinchi (3,22 million), Hindiston uchinchi (2,46 milliondan ziyod), Rossiya to‘rtinchi (910 ming nafardan ziyod), JAR esa (572,9 ming nafar) beshinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 3-avgust kuni 18 millionga, 7-avgust kuni 19 millionga yetgan, 10-avgustda esa 20 milliondan oshgandi.
Izoh (0)