Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xamirli taomlarni ratsiondan chiqarganlar uchun ajoyib qovoqchali pitssa retsepti!

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • Qovoqcha (kabachki) – 1 kg;
  • Sut – ¼ stakan;
  • Piyoz, sarimsoqpiyoz, ko‘kat – ta’bga ko‘ra;
  • Pomidor – 3 dona;
  • Tuxum – 2 dona;
  • Tovuq filesi ­– 1 bo‘lak;
  • Sabzi – 1 dona;
  • Un – 50 gr;
  • Qattiq pishloq – 50 gr.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Tuxumlar sanchqi yordamida yengil aralashtiriladi. Qovoqchalar o‘rtacha qalinlikda parrak qilib kesiladi, avval tuxumga so‘ng unga botiriladi. Qizigan yog‘da har ikki tomoni qizartirilib pishiriladi. Tayyor bo‘lgan qovoqchalar yog‘ini shimdirib olish uchun qog‘oz sochiqqa yoyib chiqiladi. Sabzi o‘ta mayda bo‘lmagan qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoqpiyoz esa qirg‘ichning eng mayda qismidan chiqariladi. Pomidor parrak va piyoz yarim parrak holda kesiladi.
  • Qolip yog‘lanib, qovoqchalar ikki qavat, ustma-ust holda joylashtirib chiqiladi. Ustidan yupqa kesilib, pishirib olingan tovuq filesi teriladi. Go‘shtning ustidan piyoz va sabzi, ustidan pomidor va oxirida sarimsoq solinadi.
  • Parhezbop tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan qovoqchali pitssa yuzasiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepiladi va tuxum solingan sut quyiladi. Ko‘katlar, ziravorlar sepilib, qizdirilgan pechga qo‘yiladi. Toki pishloq eriguncha pechda pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ekologik ofat”: Kaxovka GES portlashining beshta dahshatli oqibati
Kino
“Odamlarga insoniyatni qirib yuboruvchi kometadan qaysidir mashhur xonandaning ishqiy munosabati qiziqroq…” — “Tepaga qaramang” filmi haqida
Dunyo
Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda