Cosmopolitan ko‘pchilik ayollarni qiynaydigan masala lak yoki gelning afzalligi haqidagi savolga mutaxassislardan javob oldi. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, tirnoqlarni bo‘yashda lakdan foydalangan ma’qul.

Foto: Cosmopolitan

  • Birinchidan, xavfsiz mahsulotni tanlash kerak. Masalan, Sally Hansen Hard as Nails Xtreme Wear vositalarida  juda keng tarqalgan dibutilftalat, toluol va formaldegid kabi zararli komponentlar mavjud emas.
  • Ikkinchidan, lak bo‘yog‘i qo‘shimcha parvarishni ta’minlaydi. Unda mikroporlatgich, kalsiy va tirnoq plastinkalarining kuchsizlanishining oldini oluvchi modda mavjud. Demak, bu kabi manikyur vositasidan doimo foydalanish mumkin.
  • Uchinchidan, bo‘yoqni UV chirog‘i ostida ultrabinafsha nurlari yordamida quritishga hojat yo‘q.
  • To‘rtinchidan, narx masalasi. Agar tirnoqlarni pardozlash jarayoni uyda amalga oshirilsa, ko‘p narsa tejalishi tabiiy. Ayniqsa, vaqt masalasi.

Foto: Cosmopolitan

Lak bo‘yog‘ining afzalliklari:

  • Chiroq ichida quritishni talab etmaydi;
  • Xavfsiz hamda foydali moddalar tarkibi;
  • Vositani tirnoqdan tozalash oson.

Kamchiligi:

  • Manikyurni tez-tez yangilash kerak.

Gel bo‘yog‘ining afzalligi uning tashqi muhitga chidamliligidadir. U 2-4 hafta mobaynida o‘chib ketmaydi, lak bo‘yog‘ining davomiyligi esa 3-7 kunni tashkil etadi. Zichligi tufayli ushbu vosita tirnoqni mexanik shikastlardan himoya qiladi. Shuningdek, gel bo‘yog‘i yordamida ajoyib dizaynlarni amalga oshirish mumkin. Agar tirnoqlar qalin bo‘lsa, gel bo‘yoqdan foydalanish mumkin. Ammo buning aksi bo‘lsa, tirnoqlarni tiklash va mustahkam qilish uchun bir muddat parvarish qilish kerak.

Foto: Cosmopolitan

Boshqa hollarda asosiy zararlanish gel bo‘yoqdan emas, balki uni noto‘g‘ri ko‘chirib tashlashdan yuzaga keladi. Gel bo‘yoqni qurituvchi chiroqlarga ahamiyatli bo‘lish kerak, ular ikki xil bo‘ladi: UV va LED. Bugun ko‘pincha LED uskunasidan foydalaniladi, sababi bu oz vaqt talab etadi va tirnoqlarni kamroq quritadi.

Foto: Cosmopolitan

Afzalliklari:

  • Davomiyligi 2-4 hafta;
  • Murakkab dizayn ishlarini amalga oshirish mumkin.

Kamchiliklari:

  • Yupqa tirnoq egalariga tavsiya etilmaydi;
  • Tirnoq plastinkalari qurib qolishi mumkin.