Tailandning Lopburi shahrida karantin vaqtida ko‘payib ketgan makakalar bilan falokatli vaziyat yuzaga keldi. 70 ming aholi istiqomat qiladigan shaharda maymunlar soni 8,8 mingga yetib qoldi, deb yozadi New York Times.
Avvallari primatlarga turistlar ovqat berib turgan. Koronavirus pandemiyasi sabab cheklovlar joriy etilgach, shaharga hech kim tashrif buyurmay qo‘ygan.
Ta’kidlanishicha, maymunlar oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yuk mashinasiga haqiqiy hujum uyushtirgan. Politsiyachilar esa sodir bo‘layotgan o‘g‘irlikni chetda turib kuzatishdan boshqa hech narsa qila olmagan.
Avvalroq Tailandning Lopburi shahrida kezib yurgan minglab och maymunlar videosi tarqalgan edi.
Izoh (0)