“Zenit” hujumchisi Sardor Azmun 2019/20-yilgi Rossiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Eronlik futbolchi “Zenit” safida 17 (1 tasi penaltidan) bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Sankt-Peterburg klubining boshqa bir hujumchisi Artem Dzyubaning hisobida ham xuddi shuncha gol bor, biroq rossiyalik futbolchi gollarining 7 tasini penaltidan urgan.
Shu bois Azmunga ilk marta musobaqaning eng yaxshi to‘purari sovrini berildi. To‘purarlar poygasida uchinchi o‘rinni Tulaning “Arsenal” klubi hujumchisi Yevgeniy Lutsenko egalladi, u 28 ta o‘yinda 15 ta gol urgan.
“Rostov”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov esa 11 ta gol bilan to‘purarlar poygasida 7-o‘rindan joy oldi. Qayd etish joiz, Eldor so‘nggi bor 29-fevralda gol urgandi. Shundan so‘ng u ketma-ket 8 ta o‘yinda gol ura olmadi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Zenit” chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Lokomotiv” va “Krasnodar” yakunlab berdi. “Orenburg” va “Krilya Sovetov” esa musobaqani tark etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)