• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallanish holatlari SSV bergan ma’lumotlardan ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi

    Samarqand viloyatida 10-iyul kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 37 ta holat aniqlandi. Shundan 27 tasi Samarqand shahrida qayd etilgan. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 10-iyul, shanba kuni samarqandliklarga ikkinchi marotaba yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    “Vaziyat yomon tomonga qarab ketyapti. Viloyatda 10-iyul kuni 37 ta holat aniqlandi. Kasallanganlarning jami soni 573 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 475 nafari sog‘aygan. Davolanayotgan bemorlardan 3 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, 18 nafar bemor og‘ir ahvolda qolmoqda. 2775 nafar fuqaro karantinda”, — degan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.

    Samarqandda bir kun ichida 30 dan ortiq kishida kasallik aniqlanishi ilgari hech qachon kuzatilmagan. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi 10-iyul kuni Samarqandda 37 emas, 15 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha, 10-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, Samarqandda 536 kishida kasallik aniqlangan, 464 kishi koronavirusdan sog‘aygan. Erkinjon Turdimovdagi ma’lumotlar bo‘yicha viloyatda kasallanganlar 37 kishiga, sog‘ayganlar esa 11 kishiga ko‘proqdir.

    Viloyat rahbari Samarqand shahrida bir kunda 27 ta holat aniqlanganiga e’tibor qaratarkan, shaharda vaziyat jiddiy ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, Pastdarg‘om tumanida uch nafar, yana qator tumanlarda bir nafardan bemor aniqlanganini aytib, barchani vaziyatga jiddiy qarashga chaqirdi.

    “Respublika bo‘yicha e’lon qilingan karantinga jiddiy qarashingizni so‘rayman. Chunki ko‘rsatkichlar yaxshi tomonga ketmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda guvoh bo‘lyapmiz, odamlar ‘bu yo‘q narsa, o‘ylab topilgan’, deb karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzishyapti. Men bekorga uch nafar fuqaroning o‘ta og‘ir ahvoldaligini, 18 kishi og‘ir holatdaligini aytmayapman, — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. — Bor narsa ekanki, shunday ko‘rsatkichlar kuzatilyapti. O‘zimizni, bir-birimizni asramasak, o‘lim holatlari ko‘payishi mumkin. Buning oldini olishimiz, fuqarolarimizni asrashimiz kerak. Asosiy maqsad shu. Joylarda barcha tuman hokimlari, mutasaddi tashkilotlar kam ta’minlangan oilalarga, ishini yo‘qotgan, qiynalgan oilalarga oziq-ovqat ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib boradi”.

    SSV butun respublikada ahvoli og‘ir bemorlar soni 43, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 10 nafarni tashkil etayotganini ma’lum qilgan. Erkinjon Turdimovning so‘zlaridan shu narsa ma’lum bo‘lyaptiki, O‘zbekiston bo‘yicha ahvoli og‘ir bemorlarning 41 foizi va ahvoli o‘ta og‘ir bemorlarning 30 foizi hozir Samarqandda davolanmoqda.

    Viloyat hokimi, shuningdek, fuqarolardan o‘zlarida kasallik alomatini sezgan zahoti tibbiy muassasalarga murojaat qilishini so‘ragan.

    “Fuqarolarimiz koronavirusga yo‘liqqandan keyin o‘zlaricha davolanib, pnevmoniyaga aylangandan so‘ng tibbiy muassasalarga murojaat qilmoqda. Isitma paydo bo‘ldimi, darhol tibbiy muassasaga murojaat etishingizni so‘rayman. Tibbiyot xodimlari, mutaxassislar kerakli choralarni ko‘rishadi. O‘zimni davolayman, tez o‘tib ketadi, bu o‘tkinchi narsa, ikkita tabletka ichsam, yaxshi bo‘laman, degan narsadan yiroq bo‘ling, darhol tibbiyot muassasasiga xabar bering. Agar birlashsak, koronavirusni yengamiz”, — degan Erkinjon Turdimov.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 11-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bir kechada koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 179 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 12 206 nafarga yetdi. Yangi ma’lumotlarda Samarqandda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holatlar haqida xabar berilmagan. Shuningdek, koronavirusdan tuzalgan hamda ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar sonida ham o‘zgarish bo‘lmagan.

    Eslatib o‘tamiz, Navoiyda yuz bergan ilk o‘lim holati haqida ham birinchi bo‘lib viloyat hokimi Qobul Tursunov 7-iyul kuni ma’lum qilgandi. Keyinroq Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati bemorning yoshi, jinsi va unga qo‘yilgan tashxis haqida ma’lumot bergandi. Ushbu xabarlarni kun oxirida SSV tasdiqlagandi.

    Mavzuga doir: “Viloyatda koronavirusdan vafot etganlar 3 nafarga yetdi”. Erkinjon Turdimov Samarqandda vaziyat yomonligini ma’lum qildi

    11.07.2020, 11:32   Izoh (0)   57738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent va Qoraqalpog‘istonda aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 12 206 nafarga yetdi

    11.07.2020, 10:10

    Andijonda tug‘ilgan kun tortidan 8 kishi zaharlandi

    11.07.2020, 10:04

    Toshkentda 50 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 55 tani tashkil qilmoqda

    11.07.2020, 09:49

    Habibulla Oqilov: Pochta jo‘natmalari orqali koronavirus yuqtirish xavfi yo‘q

    11.07.2020, 09:06

    Samarqandda 1300 dollar evaziga suddagi “tanishlari” orqali nikohni bekor qilib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    11.07.2020, 08:37

    Farg‘onada 500 dollar evaziga soxta diplom tayyorlab bergan maktab o‘qituvchilari qo‘lga tushdi

    11.07.2020, 07:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.