• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligiga munosabat bildirdi

    AQSh Markaziy Osiyo respublikalariga ta’sir o‘tkazish borasida Moskva bilan raqobatlashmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Markaziy Osiyodagi besh mamlakatdan bo‘lgan hamkasblari bilan o‘tkazilgan muzokaralari natijalarini sarhisob qilib izoh berdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Onlayn konferensiyaning asosiy mavzulari AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqishga tayyorgarlik, mintaqadagi iqtisodiy hamkorlik va koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘lgan.

    Uchrashuv natijalari haqida batafsil ma’lumotni 1-iyul kuni jurnalistlarga davlat kotibining Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jonatan Xenik ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uchun Markaziy Osiyo yanada xavfsizroq va farovon mintaqa bo‘lishi manfaatlidir, undagi davlatlar esa rivojlanish borasida turli xil variantlarni tanlashda erkin bo‘lishi lozim.

    Uning ta’kidlashicha, faqatgina hozirgi inqiroz davrida AQSh mintaqada koronavirusga qarshi kurashish uchun turli xil choralarga 25 million dollar ajratgan.

    Shu bilan birga, diplomatning bildirishicha, AQSh Markaziy Osiyo uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan ishlashni davom ettirmoqda.

    Xenik “Kommersant”ning Vashington O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo bo‘lib kirishiga qanday munosabatda ekani haqidagi savoliga javoban AQSh Markaziy Osiyo respublikalariga ta’sir o‘tkazish uchun Moskva bilan raqobatlashmasligini bildirdi.

    “Men ushbu muzokaralar haqida izoh berolmayman, chunki Qo‘shma Shtatlar YeOII a’zosi emas. O‘zbekiston ishtirokida muhokamalar davom etmoqda. Shuni bilamanki, bu masala O‘zbekiston xalqini juda o‘ylantirmoqda. Biz O‘zbekiston fuqarolarining dunyo bozorlari va investitsiyalaridan foydalanishga intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, O‘zbekiston aholisi barcha mavjud mahalliy blok va savdo aloqalarini hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik masalasini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqadi. Qaysi biri foydali ekanligidan kelib chiqib, tanlovni amalga oshiradi”, — deydi amerikalik diplomat.

    Mavzuga doir: Senatorlar O‘zbekistonning YeOIIga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishini ma’qulladi

    Matbuot anjumanida “Tolibon” harakati bilan tuzilgan kelishuvga binoan AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi va Markaziy Osiyo uchun bunday qarorning oqibatlari haqida ham savol berilgan. Shuningdek, jurnalistlar Markaziy Osiyo respublikalari Amerika harbiy texnikasini olishi borasida ham qiziqqan.

    Jonatan Xenik bu haqda gapirishga hali erta, deb javob qaytardi. “O‘tmishda harbiy texnikalar bizning Markaziy Osiyodagi sheriklarimizga taklif qilinganini bilaman, ammo kelajakda bu masalalar alohida muhokama qilinadi”, — deydi diplomat.

    Uning ta’kidlashicha, AQSh Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlov uchun sheriklarga minnatdorchilik bildirgan hamda Afg‘onistondagi iqtisodiy hamkorlik muvaffaqiyat kaliti bo‘lishini ta’kidlagan.

    Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda odam savdosiga qarshi amalga oshirilgan choralarni ijobiy baholagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: AQSh davlat kotibi O‘zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytdi

    Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo shu yilning 2-fevralida O‘zbekistonga kelgandi. U dastlab Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashgan edi. Keyin esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokara o‘tkazgan. Ushbu muzokara chog‘ida AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 million dollar ajratishi ma’lum bo‘lgandi.

    02.07.2020, 11:41   Izoh (0)   25938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shvetsiyada hukumatning koronavirusga qarshi kurashda amalga oshirgan ishlari taftish qilinadi

    02.07.2020, 10:55

    Xitoyda 3 kishida, Janubiy Koreyada esa 54 kishida koronavirus aniqlandi

    02.07.2020, 10:40

    Kanadada pandemiyaga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga maxsus tanga zarb qilindi

    02.07.2020, 08:09

    Xitoy hukumati cho‘chqa grippining yangi shtammi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligi haqidagi tadqiqot natijalarini ishonchsiz deb topdi

    02.07.2020, 05:45

    AQSh sudi Donald Tramp haqidagi “axloqsiz hikoyalar”ni o‘z ichiga olgan kitobni chiqarishni taqiqladi

    02.07.2020, 04:35

    Tesla aksiyadorlariga Ilon Maskni kompaniya direktorlar kengashidan chiqarib yuborish tavsiya etildi. U noqonuniy boyishda gumonlanmoqda

    02.07.2020, 02:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.