Eron poytaxti Tehron shimolidagi Sina Athar klinikasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Fars agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yana olti kishi jarohat olgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.
Halok bo‘lganlar — 10 nafar ayol va uch nafar erkak. Shuningdek, 20 ga yaqin odam binodan evakuatsiya qilingan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, klinikada gaz baloni portlab ketgan. Portlash to‘lqini qo‘shni binolarning oynasini ham sindirib yuborgani aytilmoqda.
Izoh (0)