Ushbu tuflilarning ko‘rinishiga qarab kishining havasi kelsa, narxini bilib “kapalagi uchib ketishi” aniq.

Foto: “Yandeks Dzen”

1. Narxi 500 ming dollarni tashkil qiladigan mazkur tufli, “Brilliant orzu” deb atalishi bejiz emas. 1420 ta brilliant bilan bezalgan poyabzaldagi toshlari 30 karatni tashkil qiladi. Dizayner Styuart Vaytsmanning ijod namunasi bo‘lgan mazkur model, 2007-yilda o‘tkazilgan Oskar taqdirlash marosimida Anika Noni Rouz tomonidan kiyilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

2. Ikkinchi qimmatbaho oyoq kiyimning muallifi ham Styuart Vaytsman hisoblanadi. Faqat mazkur model, brilliant bilan emas, 642 dona birma yoqutlari bilan bezalgan. Bosonojka narxi 1,6 million dollarga baholangan.

Foto: “Yandeks Dzen”

3. Uchinchi go‘zallik namunasi dizayner Styuart Vaytsman tomonidan taqdim qilingan bo‘lib, bosonojka bezagi bo‘yinga taqiladigan taqinchoqni esga soladi. Olmos va tanzilit toshlari bilan bezatilgan poyabzal narxi 2 million dollarni tashkil qiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

4. Yuqoridagi modellar bilan solishtirilganda unchalik emasdek tuyuladigan poyabzal yuzasi platina bilan qoplangan hamda 565 dona brilliant bilan bezatilgan. Bu oyoq kiyimning narxi ham 2 million dollarni tashkil qiladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

5. Charmdan ishlangan ushbu tufli tilla bilan qoplanib, 236 dona brilliant bilan bezatilgan. Poyabzal narxi 17 million dollar etib belgilangan.