Xitoyning Shanxay shahridan taxminan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan trassada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 20 mingta Apple smartfonlari yonib ketdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Gadjetlar ortilgan yuk mashinasi haydovchisi katta tezlikda harakatlangan. Yuk mashinasi boshqaruv yo‘qotilgani ortidan ag‘anab, yonib ketdi.
Transport vositasida qora va yashil ranglardagi iPhone 11 hamda 11 Pro Max smartfonlari bo‘lgan.
Qayd etilishicha, avariya oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Gadjetlarning bir qismi avariya joyidan o‘g‘irlab ketilgan. Biroq iPhone’larning yangi egalari ularni ishlata olishi amri mahol, deyiladi xabarda.
Izoh (0)