Daryo

Video: Orolga uya qurish uchun suzib kelayotgan 64 mingta toshbaqa

Olimlarning izohlashicha, dronlar ularga toshbaqalarning ko‘payish hajmini o‘rganishga yordam beradi

1 daqiqa o‘qish69 818 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Sun

Tadqiqotchilar dronlar yordamida 64 mingta Avstraliya yashil toshbaqasining suzib kelayotganini videoga oldi, deb yozadi Esquire.

Foto: The Sun

Videoda toshbaqalar Katta to‘siq rifining shimoliy qismidagi marjon oroliga tuxum qo‘yish uchun suzib kelayotganini ko‘rish mumkin.

Olimlarning izohlashicha, dronlar ularga toshbaqalarning ko‘payish hajmini o‘rganishga yordam beradi.

Avvallari toshbaqalar plyajga chiqqan vaqtda ularga bo‘yoq yordamida belgi qo‘yilar edi. Dron esa ularning aniq hisob-kitobini olish imkonini beradi.

Avstraliya yashil toshbaqasi Avstraliya, Papua—Yangi Gvineya qirg‘oqlarida yashaydi. Toshbaqalarning bu turi Qizil kitobga kiritilgan.

Ushbu toshbaqalarning ko‘payishi ularni toshbaqa sho‘rvasi uchun o‘ldiradigan brakonyerlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida juda kamayib ketdi. Shuningdek, ular baliqchilarning to‘riga ham tez-tez ilinib qoladi yoki sayyohlik hududlari atayin toshqabalarni siqib chiqaradi.

Mavzuga doir: AQShda “uchib kelgan” toshbaqa avtomobilning old oynasiga urilib, unga tiqilib qoldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar