• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Gitlerning eng qo‘pol xatosi. “Dyunkerkdagi mo‘jiza”ga 80 yil bo‘ldi

    1940-yil 4-iyun kuni “Dinamo” deb nomlangan Dyunkerk evakuatsiyasi operatsiyasi yakunlandi. U ittifoqchilarning Ikkinchi jahon urushi harbiy teatrining fransuz kampaniyasi davridagi eng muhim “g‘alaba”laridan biriga aylandi. “Daryo” an’anaviy tarix ruknida fransuzlar mo‘jiza deb ataydigan, Ikkinchi jahon urushi harbiy teatridagi yorqin epizodlardan biri bo‘lgan voqelik haqida ma’lumot beradi.

    Amaliyot davomida 300 mingdan ortiq Britaniya, Fransiya va Belgiya harbiylari dengiz orqali nemislar tomonidan qurshab olingan Dyunkerk shahridan evakuatsiya qilindi. Keyinchalik nemis generallari Guderian va Manshteyn uni Gitlerning eng qo‘pol xatosi deb eslashadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Blitskrig – yangicha urush

    Fransiya hududiga amalga oshirilgan nemis hujumi shu qadar tez va kuchli bo‘lib chiqdiki, qarshi tomon uchun bu mutlaqo kutilmagan edi. Ingliz ekspeditsion kuchlari nemislar taklif qilgan yangi urush turiga tayyor emas edi, shuning uchun katta kuch va munosib texnik jihozlarga qaramay, ular mag‘lubiyat ketidan mag‘lubiyatga uchray boshladi. Bu, albatta, oxir oqibat falokatga olib kelishi muqarrar edi – nemislar La-Manshga siljishlari bilan ingliz askarlari orasida vahima kuchayib bordi.

    Inglizlar ortida jonajon Britaniya qirg‘oqlari joylashgan ushbu najot bo‘g‘oziga suzib o‘tishni boshladi. Chekinish juda tartibsiz edi: yo‘llarda qochqin oddiy aholi va qochayotgan harbiy qo‘shinlar bir-biriga aralashib ketgan, yo‘l chetiga tashlab ketilgan transport vositalari qalashib yotardi. Xizmatni oxirigacha bajarish haqidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri buyruqlarga qaramay ofitserlar ham o‘z bo‘linmalarini tashlab qochishardi. Ushbu xaosni to‘xtatib bo‘lmasligini anglagan Bosh qo‘mondonlik, hech bo‘lmasa uni boshqarishga harakat qilib, Britaniya qo‘shinlari va ularning ittifoqchilarini jangovar zonadan evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi buyruqni berdi.

    Avvaliga bu faqat yordamchi xodimlarini qutqarish bilan bog‘liq edi, ammo tez orada hamma evakuatsiya qilinishi kerakligi aniq bo‘ldi. Evakuatsiyaga tayyorgarlik vitse-admiral Bertram Ramsey rahbarligi ostida 20-maydan boshlandi. Dover qal’asining generator xonasidan turib ushbu operatsiya rejasini tuzgan va Cherchill bilan muhokama qilgan Ramsey evakuatsiyani “Dinamo” deb nomladi (generator- dinamo mashinasi).

    Gitlerning katta xatosimi yoki marhamati?

    Dyunkerk jangining eng mavhum sirlaridan biri bu Gitlerning hujumni to‘xtatish haqidagi buyrug‘i bo‘lib qolmoqda. Shaharda va unga tutash bo‘lgan qumli plyajlarda juda ko‘p sonli ittifoqchi askarlar qulflanib qolishadi. Dengizga taqab qo‘yilgan britan va fransuz kuchlariga qarshi hujumni to‘xtatgan nemis quruqlik kuchlari jangdan to‘xtab, mudofaa choralarini ko‘ra boshlaydi. Ba’zi tadqiqotchilar hatto Gitler inglizlarni sharmandali mag‘lubiyatga uchramasliklarini xohlagani uchun ham bu hujumni to‘xtatgan deb aytadi. Biroq, aslida, bunday bo‘lganini ehtimoli juda kichik. Gitler dushmanga achinmas edi, chunki evakuatsiyagacha ham shahar atrofidagi aholi doimiy ravishda bombardimon qilib kelingandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Birinchi kuniyoq Dyunkerk porti ommaviy reydlar natijasida yo‘q qilindi. Bombalarning katta qismi shaharga tushdi – ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar soni mingdan ortiq edi va bu o‘sha paytda shaharda qolgan barcha aholining uchdan bir qismini tashkil qilardi. Bombalar sabab shaharning suv ta’minoti buzildi, bu esa yong‘inlarni o‘chirishga ham imkon bermadi va Dyunkerk deyarli butunlay yonib ketdi.

    Nemislar nima uchun hujumni to‘xtatib qo‘yishgani hozirgacha katta tortishuvlarga sabab bo‘ladi. O‘zim yaqinda o‘qib chiqqan britaniyalik jurnalist va yozuvchi Uilyam Shirerning “Uchinchi Reyxning parvozi va qulashi” deb nomlangan fundamental hujjatli asarda muallif nemis generali Galder bilan yozishmalari asosida bu borada shunday xulosaga keladi: Gitlerning qamaldagi ittifoqchi qo‘shinlarga qarshi tank va piyoda hujumini to‘xtatishiga, Lyuftvaffe yetakchisi German Geringning shuhratparastligi sabab bo‘lgan, u aynan havo qo‘shinlari yordamida qamaldagi qo‘shinlarni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan, ammo bunga ulgura olmagan.

    Nemislar plyajlarda to‘plangan askarlarni bombardimon qilib, avtomatlardan o‘q uzgan. Bunga qarshi Britaniya aviatsiyasi eng katta yordamni ko‘rsatdi, ular birinchi kunni o‘zida 38 ta nemis samolyotini urib tushirdi. Umuman, evakuatsiya paytida inglizlar o‘zlarining 156 ta samolyotlarini yo‘qotish evaziga 145 ta dushman samolyotini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, yana 35 ta nemis samolyoti kemalardagi artilleriya tomonidan yo‘q qilinadi. Bu esa Britaniyaga “Dinamo” operatsiyasini o‘tkazish uchun vaqt bergan.

    Evakuatsiya

    Evakuatsiya 27-mayda boshlandi – buning uchun Dyunkerk yaqinidagi qirg‘oqqa Buyuk Britaniyaning “Kalkutta” nomli yengil kreyseri, sakkizta harbiy va yigirma oltita transport kemasi keltirildi. Ammo muammo shunda ediki, o‘sha yerdagi qirg‘oq yumshoq va qumli edi, shuning uchun sayoz qirg‘oqlar suv ostida uzoq masofalarga cho‘zilib, katta kemalarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qirg‘oqqa yaqinlashishiga imkon bermasdi. Odamlarni plyajdan katta kemalarga o‘tkazish uchun Britaniya qirg‘oqlaridagi deyarli barcha kichik kemalar safarbar qilindi. Bu oddiy baliqchilar qayiqlaridan tortib, yelkanli yaxtalargacha juda rang-barang va xilma-xil flot bo‘ldi. Biroq tez orada ma’lum bo‘ldiki, sayozliklar hatto bu kichik kemalarning ham qirg‘oqqa yaqinlashishiga imkon bermaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Askarlar kemalargacha bir necha yuz metr masofani bosib o‘tishlari kerak edi, ba’zan ular qayiqlarga bo‘yingacha suvga botib yetib borishardi. Bunday qiyinchiliklarga qarshi turish uchun ofitserlar turli hiyla-nayranglarga murojaat qilishdi. Masalan, past darajadagi suv oqimi paytida bir ozdan keyin suv bosishi kerak bo‘lgan yerlarga avtomobillarni haydab kelib, ulardan iborat o‘ziga xos zanjir hosil qilishdi. Ularning tomlariga yog‘ochlarni yotqizishdi va shu tariqa balandlik hosil qilindi.

    Har kuni operatsiyaga jalb qilingan kemalar soni o‘sib bordi – “Dinamo” operatsiyasi davomida jami 693 ta britan kemasi ishtirok etdi. Askarlarning aksariyati kemalar cho‘kishni boshlaganda ichida qolib ketmaslikdan qo‘rqib, ularning ichiga joylashishdan bosh tortdi, shuning uchun ular paluba va bortlarni egallab oldi.

    Deyarli barcha og‘ir mulklar qirg‘oqda qolib ketdi. Aslida, askarlar kiyim-kechakdan boshqa hech narsani olmadi, ko‘pchilik hatto shaxsiy buyumlari va qurollarini ham tashlab ketdi. Umuman olganda, britaniyaliklar 455 tank, 80 mingdan ortiq avtomobil, mototsikl va boshqa texnikalar, ikki yarim ming artilleriya qurollari, 68 ming tonna o‘q-dorilar, 147 ming tonna yoqilg‘i va 377 ming tonna boshqa ashyolarni qirg‘oqqa tashlab ketgan.

    31-may kuni nemislar hujumni kuchaytirdi va “Dyunkerk cho‘ntagi” sezilarli darajada toraydi. 1-iyun kuni 64 ming kishi evakuatsiya qilindi. 2-iyun kuni Dyunkerkni himoya qilayotgan Britaniya askarlari olib chiqib ketildi. 3-iyun kuni havo reydlari yanada kuchayib ketdi, kunduzgi reyslarni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Uchinchi iyundan to‘rtinchisiga o‘tar kechasi 53 mingga yaqin ittifoqchi jangchilar evakuatsiya qilindi, ammo 4-iyun kuni nemislar hujumga o‘tdi va operatsiyani tugatishga to‘g‘ri keldi. Sicarius deb nomlangan Britaniyaning so‘nggi kemasi 4-iyun kuni ertalab soat 3:40 da Fransiya qirg‘og‘ini tark etgan va uning bortida to‘qqiz yuzga yaqin odam evakuatsiya qilinadi. Perimetrni yopish uchun orqada qolgan ikkita fransuz diviziyasi esa taqdir qo‘liga qoldiriladi, ular taslim bo‘lishga majbur bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Natijalar

    “Dinamo” operatsiyasining natijasi 300 ming askar va zobitni, ya’ni Fransiyadagi Britaniya ekspeditsion kuchlarining to‘rtdan uch qismini qutqarish bilan yakunlanadi. Albatta, deyarli barcha texnikalar va katta miqdordagi qurollarning qolib ketishi Britaniya armiyasining jangovar qobiliyatiga ta’sir qiladi, ammo katta miqdordagi shaxsiy tarkibning saqlab qolinishi ularni xursand qiladi. Bundan tashqari, ushbu operatsiya Buyuk Britaniya aholisining ruhiyatiga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytib o‘tish kerak.

    Yigitlar uylariga sog‘-omon qaytib keldi, begona yurtlarda nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketishmadi – shu sababli, qurollar va tanklarning yo‘qolishi bezovta qiluvchi narsa sifatida qabul qilinmadi. Tanklarni esa yana ishlab chiqarish mumkin. Albatta, britaniyaliklarning Dyunkerkda yengilishi va qamal qilinishi barchaga ma’lum sabablarga ko‘ra, Britaniya ommaviy axborot vositalarida yoritilmagani sababli evakuatsiya operatsiyasi fuqarolarning nazarida qahramonlik edi. Ha, ular dushmanlardan aziyat chekdi, lekin dushman ularni o‘ldirishlariga yo‘l qo‘ymadi va taslim bo‘lmadi, ular keyinroq qaytishlari va qasos olishlari mumkin.

    Albatta, bu voqea Ikkinchi jahon urushi harbiy teatridagi yorqin epizodlardan biri. Keyinchalik ittifoqchilar va SSSR kuchlari nemislar ustidan to‘liq g‘alaba qozongani barchamizga ma’lum. Inglizlar ushbu evakuatsiya haqida hali ham eslaydi va uni “Dyunkerkdagi mo‘jiza” deb atashadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    06.06.2020, 07:45   Izoh (0)   242086
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda 1861—1865-yillardagi Fuqarolar urushi faxriysi nafaqasini oluvchi so‘nggi fuqaro vafot etdi

    06.06.2020, 06:13

    G‘alla dalasidagi Mirziyoyev, davomli namoyishlar, baliq qutisidagi qizaloq. 5-iyun suratlari

    05.06.2020, 23:32

    Ilon Mask Amazon’ni monopolist deb atadi va uni bo‘lib yuborishni taklif qildi

    05.06.2020, 20:12

    Yangi Zelandiyada ikki haftadan buyon koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holat aniqlanmadi

    05.06.2020, 18:43

    Twitter Trampning Jorj Floyd haqidagi nutqini o‘chirib tashladi. Uning o‘limi AQShda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgandi

    05.06.2020, 16:06

    Norvegiyada sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 8 ta uy dengizga g‘arq bo‘ldi (video)

    05.06.2020, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.