Yangi Zelandiyada 14 kundan buyon koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar aniqlanmadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, butun pandemiya davomida Yangi Zelandiyada 1154 kishi COVID-19 bilan kasallangan. Kasallik 22 kishining umriga zomin bo‘lgan. Ayni paytda mamlakatda bir kishi kasallikning faol davrini boshdan o‘tkazmoqda, biroq uning kasalxonaga yotqizilishiga ehtiyoj yo‘q.
O‘tgan bir sutkada mamlakatdagi laboratoriyalar koronavirusni aniqlash bo‘yicha topshirilgan 2813 ta testni tekshirgan. Pandemiya boshidan buyon mamlakat aholisining 288 987 nafari koronavirusni aniqlash bo‘yicha test topshirgan.Keyingi haftada mamlakat hukumati korxonalar faoliyatiga uch oy oldin joriy qilingan ko‘plab cheklovlarni olib tashlashi kutilmoqda. Faqat mamlakat chegarasini kesib o‘tishda qat’iy nazorat saqlanib qoladi.
Izoh (0)