Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Meksika chempionati (Liga MX) koronavirus sabab muddatidan avval yakunlandi. Bu haqida liga rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

Liga MX 2019/20-yilgi mavsumi g‘olibi aniqlanmaydigan bo‘ldi. KONKAKAF—2021 Chempionlar Ligasida esa musobaqa jadvalida dastlabki ikki o‘rinni egallab turgan “Krus Asul” va “Leon” klublari ishtirok etadi.

Liga rahbariyati mamlakatda futbol o‘yinlarining yangi mavsumi qachon boshlanishini iyun oyining dastlabki haftasida ma’lum qiladi. Liga va sog‘liqni saqlash departamentining birgalikdagi qaroriga ko‘ra yangi mavsum o‘yinlari tomoshabinlarni qaytarish borasidagi shartlar bajarilmagunga qadar yopiq eshiklar ostida o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika chempionati koronavirus pandemiyasi sabab 15-mart kuni 10-turga kelib to‘xtab qolgandi. Ligada jami 18 ta jamoa ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, hozirga qadar Yevropaning uch davlatida milliy chempionat bahslari muddatidan avval yakunlandi: Niderlandiya, Fransiya va Belgiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi