Koronavirus pandemiyasi jahondagi yangi avtomobillar bozorida chuqur iz qoldirdi. Bahor faslining birinchi oyi yakunlariga ko‘ra, savdolarda o‘n yil oldingi inqirozga qaraganda yomonroq ko‘rsatkichni qayd etilgan, deb xabar beradi Autorambler.
Mart oyida jahon avtomobil bozorida kuzatilgan pasayishlar falokatli, deb atalmoqda. JATCO Dynamics ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida 5,55 million avtomobil sotilgan, bu esa 2019-yilning shu davriga nisbatan 39 foizga kam demakdir. Bu 1980-yildan buyon, ya’ni JATCO Dynamics statistikani shakllantirishni boshlaganidan buyon eng katta pasayish hisoblanadi. Taqqoslash uchun, 2008-yilning noyabrida jahon iqtisodiy inqirozi vaqtida yangi mashinalar savdosi 25 foizga qisqargan.
Amerikada millionlab transport vositalari o‘z egalarini topdi (2019-yil martiga nisbatan -38 foiz). Fevral oyida savdolar hajmi 79 foizga tushib ketgan Xitoyda esa o‘sish kuzatildi, biroq baribir mart oyining ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgiga nisbatan 30 foizga pastroq. Yevropa davlatlari orasida eng ko‘p yo‘qotish Italiya (-86 foiz), Fransiya (-72 foiz), Ispaniya (-69 foiz), Avstriya (-67 foiz), Irlandiya va Sloveniya (-63 foiz) davlatlari hisobiga to‘g‘ri keldi.
2020-yilning birinchi choragi uchun bozor katta yo‘qotishlarga duch keldi, jumladan, mart oyining pasayishi sababli — 17,42 million dona avtoulovlarning natijasi 2019-yilning shu davriga nisbatan 26 foizga yomonroq bo‘ldi. Bunga butun dunyo bo‘ylab joriy etilgan karantin choralari sabab ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgan.
Avvalroq Hindistonda avtomobillar savdosi birinchi bor nolga qadar tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)