Tomas Arregui ismli rassom Italiyaning mashhur brendi mahsulotini tezkor havo kemasi ko‘rinishida tasavvur qilib, uning dizaynini yaratdi, deb xabar beradi Autorambler.
Vertolyotlar samolyotlardan farqli o‘laroq, virtual loyihalar bilan ishlaydigan dizaynerlar uchun ijod qilishga ko‘proq imkoniyat yaratadi. Masalan, Falco (“qirg‘iy”) tashqi ko‘rinishi bilan Lamborghini’ning havo transport kemasiga o‘xshaydi.
To‘qqiz o‘ringa ega ajoyib vertolyot Italiyaning superkar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ramzlari bilan bezatilgan bo‘lib, vertolyotlar orasida xuddi Aventador kabi ko‘rinishga ega. Maftunkor dizayn va g‘aroyib shaklga ega parraklar Falco’ni nafaqat osmondagi eng noodatiy havo kemalaridan biriga, balki ilmiy-fantastik filming bosh qahramoniga ham aylantirgan bo‘lar edi.
Afsuski, bu hozircha virtual loyiha xolos.
Izoh (0)