Bugungi sinovli kunlarda ham xalqimiz o‘zining saxiy va jo‘mard xalq ekanligini yana bir bor isbotlab qo‘ydi. Bugun imkoni bor har bir inson talafot joyiga oshiqib, har kim topganini shu jabrdiyda xalq uchun ulashmoqda.
O‘zbekistondagi korxona va tashkilotlar ham o‘zlarining himmatlarini ayashmayapti. Sinovli kunlarda doim el koriga shay bo‘lib turadigan “Angren shakar” MChJ ham sardobaliklar uchun zarur bo‘lgan kiyim-kechaklar bilan yordam qo‘lini cho‘zdi.
“Angren shakar” MChJ rahbariyati Sardobadagi jabrlanganlarning sharoitini o‘rganib, ayni damda ular uchun zarur bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini tuzgan holda hozirlik ko‘rishdi. Ya’ni 500 kishilik ko‘rpa-to‘shak jamlanmasi, 300 kishiga kiyim-kechak (komplekt) jamlanmasi va yana alohida 400 juft bolalar oyoq kiyimini xayriya tariqasida jo‘natdi.
Xalqimiz boshiga tushayotgan bu ko‘ngilsiz holatlar Yaratganning bizga bergan sinovidir. Uni mardonavor yengib o‘tish, oldimizda turgan muammolarni imkon qadar tezroq hal etish uchun barcha birdek harakat qilmoqda.
Eng muhimi, Prezidentimiz talafot ro‘y bergan birinchi kunning o‘zidayoq voqea joyiga yetib kelib, barcha ishlarni o‘z nazoratiga olganligi jabrlanganlar uchun katta madad bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)