Mavjud epidemiya reper Eminemni ham befarq qoldirmadi, xonanda virusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini ovqat bilan ta’minlashga qaror qildi.
Elle nashrining yozishicha, Eminem ko‘mak uchun Detroyt shahridagi Genri Ford shifoxonasini tanlagan va tibbiyot xodimlarini o‘zi ham sevib iste’mol qiladigan spagetti bilan mehmon qilgan.
Ta’kidlanishicha, reperning o‘ziga xos usulda ko‘rsatgan yordami shifokorlar kayfiyatini ko‘targan. Gap shundaki, taomning Mom’s Spaghetti yozuvli havolasi bo‘lib, ushbu ibora 2003-yil Eminem “Oskar” mukofotini olishiga sababchi bo‘lgan Lose yourself qo‘shig‘ida qo‘llangan.
22-aprel kuni shifoxona ma’muriyati Instagram sahifasida qo‘shiqchiga minnatdorchilik bildirgan. Unda shifokorlar ushbu taomdan qo‘shiq nomi singari “o‘zlarini yo‘qotganlari” aytilgan.
Izoh (0)