• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida jurnalist ayolning faoliyatiga to‘sqinlik qilingani ma’lum bo‘ldi

    “Ma’rifat” gazetasining maxsus muxbiri, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi a’zosi Sharifa Madrahimovaning so‘zlariga ko‘ra, u oziq-ovqat yarmarkasini suratga olgani uchun Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Ichki ishlar bo‘limida ushlab turilgan. Bu haqda Madrahimova “Human.uz” nashriga intervyu bergan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, yozib olish jarayonida hokim kotibi telefonini undan tortib olishga uringan, IIBga kelganidan keyin esa qurilmadagi yozuvlar o‘chirib tashlangani ma’lum bo‘ladi.

    Voqealar xronologiyasi bo‘yicha, 15-aprel kuni Uchko‘prik tuman hokimligi matbuot xizmati mahsulotlar narxlari yuqori ekani haqidagi xabarlarga javob tariqasida dehqon bozori hududida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etilgani hamda tuman markazidan olis hududlar va ko‘p qavatli uylar atrofida ko‘chma do‘konlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan. Xabarda kartoshka 3500 so‘m, sabzi 1000 so‘m, tuxum 600 so‘m, o‘simlik yog‘i 38 000 so‘m, un 3 000 so‘m, makaron 5 000 so‘m, shakar 5800 so‘m, go‘sht 40 000 so‘mdan sotilayotgani bildirilgan.

    Mazkur xabar ostidagi izohlarda Sharifa Madrahimova ko‘rsatib o‘tilgan narxlardan ajablanib, ushbu xabar qilinishidan bir kun avval sabzini 2000 so‘m, shakarni 6500−7000 so‘mdan olgani haqida yozgan. Yana bir foydalanuvchi esa tuxumni 900 so‘m, kartoshkani esa 5500 so‘mdan olganini ma’lum qiladi. Boshqa bir fuqaro hokimiyat keltirib o‘tgan narxlarni tasdiqlagan.

    Bunga javoban Uchko‘prik tumani hokimi Akmal Mahmudaliyev yarmarka 8-martdan buyon o‘tkazib kelinayotganini aytadi. U jurnalistga mahsulotlarni boshqa joydan sotib olishni taklif qiladi. U yetkazib berishda qisqa uzilishlar bo‘lishi mumkinligini tan olib, ammo mahsulotlar pasaytirilgan narxlarda sotilishini ta’kidlaydi. Ma’muriyat rahbari ba’zi nopok tadbirkorlar vaziyatdan foydalanib qolishga urinayotganini ma’lum qilgan.

    Akmal Mahmudaliyev, shuningdek, xususiy tadbirkorlarga mahsulotlarni qanday narxlarda sotish kerakligini aytish qiyinligini ta’kidlaydi, chunki ular istalgan joyda tovar sotib olib, oshirilgan narxlarda sotishi mumkin, deya qayd etgan hokim. Tuman ma’muriyati rahbari har qanday vaqtda unga shikoyatlar bilan qo‘ng‘iroq qilishi mumkinligini aytgan.

    Sharifa Madrahimova hokimning ushbu so‘zlarini tekshirib ko‘rish uchun yarmarkani videotasvirga olishga qaror qilgan.

    Jurnalist yarmarkada tasvirga olayotgan vaqtda hokim kotibi Shohjahon Mo‘ydinov uning qo‘lini qayirib, telefonini tortib olishga harakat qiladi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. U ichki ishlar organlari xodimini yordamga chaqiradi. IIB xodimi o‘zini tanishtirib, ayoldan shaxsiga aniqlik kiritish uchun IIBga olib boradi. U yerda Sharifa Madrahimovadan jurnalistligini tasdiqlovchi hujjat kerakligini aytishadi.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    “Ular ‘Marifat’ gazetasining guvohnomasini ko‘rib, ‘Siz gazetaga yozar ekansiz, gazetaning jurnalisti ekansiz, nimaga tasvirga olyapsiz?’, deb so‘rashdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra har kim axborot olish, izlash va uni tarqatish huquqiga egaligini aytdim. ‘Jurnalist bo‘lmagan taqdirimda ham men O‘zbekiston fuqarosi sifatida axborot olish huquqiga egaman’. ‘Maqsadingiz nima?’ deb so‘rashdi, ‘Hokimning so‘zlariga javob berish’, deya javob berdim. ‘To‘xtang, unday bo‘lsa hokimdan so‘raymiz’, deyishdi, lekin hokim videoselektorda ekan, javob bermadi. Shundan keyin ichki ishlar bo‘limida meni turli bahonalar bilan ikki soatga yaqin ushlab o‘tirishdi”, — dedi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, u jinoiy qidiruv bo‘limida Akmaljon Madrahimovning xonasida ushlab turilgan. Jurnalist uning so‘zlarini xonada bo‘lgan yana bir ayol va uning jiyani tasdiqlashi mumkinligini aytdi.

    “Shohjahon Mo‘ydinov menga gazetada ishlab turib bekorga videoga olganimni aytdi. Keyin ular jurnalist guvohnomasining haqiqiyligini tekshirishlari kerakligini aytishdi, chunki unda amal qilish muddati ko‘rsatilmagan”, — deydi muxbir.

    Sharifa Madrahimova ularni Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi, ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimiyatining matbuot kotibi bo‘lib ishlayotgan Muhammadjon Obidov bilan bog‘lagan. IIB xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, u hujjat haqiqiy emasligini aytib, “Jurnalistga qanday chora ko‘rsanglar, ko‘raveringlar” degan.

    Madrahimovaning ta’kidlashicha, IIB xodimi telefonni undan olib qo‘ygan va uni ko‘chada berishini, chunki IIB binosida fuqarolarning telefon olib yurish mumkin emasligini aytgan.

    “Bir daqiqadan keyin qaytishlarini aytishdi. Ammo ular Uchko‘prik tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosarining xonasiga kirib ketdi. U yerdan 15-20 daqiqadan so‘ng chiqishdi va telefonni qaytarib berishdi. Meni bu yerda ushlab turmasliklari yoki menga qarshi qonuniy choralar ko‘rishlari kerakligini aytdim. Ular hokimdan javob kutayotganliklarini aytishdi. Men: “Bu yerda qonun hokimmi? Nega hokimdan javob kutyapsiz?”, deb so‘radim. IIB boshlig‘i nomiga ariza yozish uchun oq qog‘oz berishlarini so‘rab, yozishni boshlagan edim, to‘xtatishdi va ketishim mumkinligini aytishdi”, — dedi muxbir.

    Jurnalist videokonferensaloqa tarzidagi suhbatda oq qog‘ozda o‘zi yozishni boshlagan arizani ham ko‘rsatgan. IIB binosidan chiqqanidan keyin telefonidagi videoyozuv o‘chirilganini payqagan.

    Yarmarkaga qaytib borganida yarmarkaning tarqatib yuborilganiga guvoh bo‘lgan. Dehqonlar olib kelgan mahsulotlarini sotish uchun yo‘l chetlari, burchaklarda savdo qilishga majbur bo‘lganini qaytganidan keyin tasvirga tushirgan videoyozuv orqali ko‘rsatib bergan.

    Kadr: YouTube

    Kadr: YouTube

    Sharifa Madrahimova ushbu hodisalar yuzasidan ariza yozib, kimnidir javobgarlikka tortish maqsadi yo‘qligini, hozirgi pandemiya sharoitida hamma narsani to‘g‘ri tushunish kerakligini qayd etgan.

    “Undan tashqari, qilingan ishlarning yugur-yuguri ko‘p bo‘ladi. Bitta arizaning orqasidan yillab yoki oylab yuguradigan darajada vaqti ko‘p odam emasman. Men bu masalani jamoatchilikka yetkazib qo‘ydim, prokuratura, ichki ishlar, hokimiyat vakillari, balki, o‘zlariga xulosa chiqarishar”, — deydi u.

    “Mening maqsadim kimnidir jazoga tortish yoki kimnidir ishdan bo‘shatib yuborish emas. Adolat qaror topishi kerak. Hamma narsani o‘z oti bilan atashimiz kerak. Hamma narsa shaffof bo‘lishi kerak. Ishonchli, asosli, shaffof xabarlar berish kerak. Jurnalistlarga to‘siq qo‘yilmasligi kerak”, — deya ta’kidlaydi Sharifa Madrahimova.

    Jurnalistning aytishicha, hokimlar o‘z harakatlari bilan xalqning Prezidentga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazmoqda.

    “Agar rost gapirishga to‘siq bo‘lsa, mayli rost gapirmasin, lekin hech qachon yolg‘on gapirishmasin. Hokimiyat — prezident bilan xalq o‘rtasidagi ko‘prik. Odamlar xulosa chiqaradi: hokimiyat shunaqa qilyaptimi, demak, yuqorida ham, demak, prezident ham shunaqa qiladi. Aks holda, bular o‘zicha bunaqa ish qilmasdi, degan xulosa chiqarishadi”, — degan jurnalist “Human.uz” nashriga bergan intervyusida.

    AOKA direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov “Ma’rifat” gazetasi jurnalisti Sharifa Madrahimovadan Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimligi tomonidan huquqlari buzilganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgani haqida Telegram’dagi kanalida post yozib, agentlikning voqelikni diqqat bilan o‘rganib chiqqani, yakunda tuman hokimlik vakillari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari buzilishi ehtimoli yuzasidan vaziyatga huquqiy baho berishni so‘rab, Bosh prokuraturaga murojaat qilganini bildirgan. Saidjonovning yozishicha, Bosh prokuratura masalani o‘rganmoqda va natijalari bo‘yicha o‘z qarorini bildiradi.

    “Ochiqlik siyosati davlat idoralaridan xalq bilan yaqin muloqot o‘rnatish, fuqarolarning so‘rovlari, muammolari va takliflariga o‘z vaqtida javob berishni talab qiladi. Ushbu muloqotni olib borishda ommaviy axborot vositalari va blogerlar beqiyos rol o‘ynaydi, ular xalqimizga axborot yetkazishda barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga katta yordam ko‘rsatmoqda. Ular, shuningdek, davlat idoralari matbuot xizmatining tayanchi hisoblanadi.

    Agentlik barcha davlat idoralari axborot sohasida mamlakat qonunchiligini hurmat qilishlari va konstruktiv tanqidni to‘g‘ri qabul qilishlari shart deb hisoblaydi, chunki OAV va blogerlar idoralarning obro‘si va harakatlariga putur yetkazish maqsadida tanqid qilishmaydi, balki shu orqali ularga fuqarolarning ma’lum muammolarini ko‘rishlariga imkon berish uchun davlat organlari faoliyatidagi, xususan jamiyatni xabardor qilishdagi xatolar, kamchiliklar va ularni xalqimiz manfaatlariga mos ravishda tezda bartaraf etish uchun mehnat qilishadi”, — deb yozgan Saidjonov.

    23.04.2020, 06:35   Izoh (0)   45495
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi loyihalarga 247,6 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi

    23.04.2020, 05:36

    “O‘zbekneftgaz” neft-gaz sohasiga oid bo‘lmagan qator aktivlarini sotuvga qo‘ydi

    23.04.2020, 03:34

    Andijonda IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi

    23.04.2020, 02:33

    Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida muhim deklaratsiya imzolanishi ma’lum qilindi

    23.04.2020, 00:31

    Zangiotadagi maxsus shifoxonaning 2 ming o‘rinli bloki 5-mayga qadar foydalanishga topshiriladi

    22.04.2020, 23:43

    Shavkat Mirziyoyev masofaviy o‘quv kurslari tashkil etib, yoshlar va ayollarga hunar o‘rgatish bo‘yicha topshiriq berdi

    22.04.2020, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.