“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher klub rahbariyatiga yozgi transfer oynasida sotib yuborilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi, deya xabar qilmoqda Manchester Evening News.
Norvegiyalik mutaxassis besh nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyor: himoyachilar Fil Jons va Kris Smolling, yarim himoyachilar Jessi Lingard hamda Andreas Pereyra, shuningdek hujumchi Aleksis Sanches.
Sulsher ushbu futbolchilar transferidan tushgan mablag‘ jamoani kuchaytira oladigan o‘yinchilar sotib olinishiga sarflanishiga umid bildirgan.
Avvalroq “Manchester Yunayted” “Borussiya D” hujumchisi Jeydon Sanchoga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Mankunianliklar joriy mavsum Premyer Ligada 45 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)