Clash de Cartier’dan yangilik: brend kolleksiyasida yangi aksesuarlar soni ortdi. Kolleksiyadan marjonli, o‘ziga xos bezakli hamda clou carré klassik elementlarini o‘z ichiga olgan taqinchoqlar o‘rin olgan, deb yozadi Elle.
Yangi bilaguzuk va uzuklar bir nechta variantda yasalgan bo‘lib, ular orasida oq tilla, pushti metall hamda feruza rangli amazonit bilan birga ishlangan sariq tilla taqinchoqlarni uchratish mumkin.
Ma’lumot uchun, Cartier tomonidan Clash de Cartier kolleksiyasining ilk taqdimoti bundan bir yil avval 2019-yilda Parijda bo‘lib o‘tgandi. Kolleksiyadan kundalik hamda muhim uchrashuv va tadbirlarga taqish mumkin bo‘lgan 15 ta aksessuar o‘rin olgandi.
Izoh (0)