Har yili mart oyi boshlarida qor yog‘ishiga o‘rganib qolgan edik, ammo aprelda qor yog‘ishi… Bunaqasi kamdan-kam kuzatiladi. Shu kunlarda O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarida qor yog‘moqda. “Daryo” karantindagi o‘zbekistonliklar qorni qanday kayfiyatda kutib olganiga qiziqib ko‘rdi.
Ayrim Telegram kanallarida voqeaga quyidagicha munosabatlar bildirildi.
Aprelning o‘rtasida qor yog‘yapti. Ishqilib Alloh hamma ekin-daraxtlarni o‘zi asrasin. Qor yog‘ib havoning keskin sovishi ularga katta miqdorda zarar yetkazadi. Shu vaqtgacha, ayniqsa, oxirgi yillar O‘zbekistonda hamma soha qatori sug‘urta tizimi ham ko‘rib chiqilishi kerak edi. Shunaqa vaqt sug‘urta yordamga kelardi.Dehqon-fermerlarning ko‘pi sug‘urta nimaligini bilmaydi. Bir paytlari hokimlar ayrimlarini majburlab, bir-ikkita “kattakonlar”ning sug‘urta kompaniyasiga a’zo qilib qo‘ygan. Nimaga a’zo bo‘lgan, o‘zi ham bilmaydi. Hisobidan lekin pul yechib turilgan. Hosiliga zarar yetganlariga ham ayrim sug‘urta kompaniyalari sug‘urta pulini to‘lab bermagan.
Chet elda, rivojlanayotgan davlatlarda bank va sug‘urta islohoti birinchi navbatda qilinadi. Bizda-chi, bank tizimi isloh qilinadi deyildi. Xususiylashishi kerak bo‘lgan ayrim banklar davlatga olindi. Sug‘urtaga esa umuman e’tibor berilmadi. Afsus, shunaqa ofatlar kelsa birinchi navbatda yordamga keladigan tizimlar aslida mustaqil bank va rivojlangan sug‘urta tizimi edi.
Biz esa qarsak chalaverdik, chalaverdik, chalaverdik, bo‘ydoqning qo‘liga o‘xshab qo‘limiz archilib ketdi. Faqat yuksak ma’naviyatga erishishni o‘yladik. Jabrini xalq yeyishi yomonda
Bugun deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘moqda. Bu qor yaxshilikka emas. Ob-havoning keskin sovishi, agar muzlatadigan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi uchun halokatli bo‘ladi.Birinchi navbatda mevalardan ayrilamiz. Gilos, o‘rik, shaftoli kabi mevalar minus havodan o‘tolmaydi. Keyin qulupnay kabi ertapishar mevalar mavsumi deyarli bo‘lmaydi. Undan tashqari yer muzlasa, erta yetiladigan kartoshka, pomidor, bodring va shu kabi sabzavotlar ham dabdala bo‘ladi va qaytdan ekib bozorga chiqquncha kechikib ketadi. Bozorlarda ham qimmatchilik bo‘lib ketishi mumkin.
Xullas, hozirgi qor va sovuq havo dehqon va xalq uchun yaxshilikka emas. Faqat umid qilamanki, tunda havo minusga tushmaydi. 2020-yil har tomondan og‘ir yil bo‘ladiganga o‘xshab turibdi”
Mavzuga doir:
Bahorga kumush qish maktub yo‘lladi,Qor va sovuq havo ekin-tikinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi chindan ham ko‘pchilikni xavotirga qo‘ymoqda.Kechikib aytildi dildagi izhor:
O‘n kunda daraxtlar qayta gulladi –
Ko‘m-ko‘k yaproqlarga qo‘ndi oppoq qor.
Borliqqa boqaman xayolga cho‘mib,
Dunyo, sinoating bunchalar bisyor?...
Goh hayrat, gohida hikmatga do‘nib,
Olamni poklikka o‘ramoqda qor.
Hatto tabiat ham “Uydan chiqma” der,
Buyuk Yaratganning o‘zi shifokor –
Niqob taqib olgan xastalangan Yer,
Unga darmon bo‘lib yog‘yapti qor...
Ruslan Saburov
Oramizda qorni mana bunday pozitiv kayfiyatda kutib olganlar ham yo‘q emas.
Qarshida va Kitobda ham qor… Hamma qor haqida yozmoqda. Qishning birinchi qori ham bunchalik “shuhrat”ga erishmagan bo‘lsa kerak.
Navbat Buxoroga…
Bular biz sizga taqdim etayotgan aprel qori bilan bog‘liq izohlari orasida eng chiroylilaridan bo‘lsa kerak.
Navoiyda qor…
“Ob-havoga yuqqan koronavirus” – yana bir pozitiv.
Navbat Samarqandga yetib keldi.
Haqiqatan ham, dunyoning ajabtovur ishlari 2020-yilga to‘g‘ri kelgan ko‘rinadi.
Toshkentda qor…
Va shu kabi boshqa suratlar, izohlar.
Bu yilgi bahor romantikasi har yilgidan o‘zgachaligi rost.
Yana bir pozitiv.
Qor haqida yozish uchun miyasiga jo‘yali fikr kelmayotgan kanal egalari uchun mos surat.
Qor haqida qor so‘zini ishlatmasdan ham fikr bildirsa bo‘larkan.
Aprel qori hikmatli bo‘lsin!
Endi Twitter va Instagram bo‘ylab sayohatga otlanamiz.
#stayhome pic.twitter.com/eFd1n4dQd5
— davletovuz (@davletovuz) April 8, 2020
Қўшработ Жўшда қор. pic.twitter.com/QLKFAeV6G9
— Jamoliddin Mardiyev (@Jamoliddin_7719) April 8, 2020
https://twitter.com/mindeleyev/status/1247836191799627776
Qarshida qor yog‘di. Daraxtlar va gullar rasvo bo‘ldi.
— F Λ R M O N O V (@nurjahon_farmon) April 8, 2020
https://twitter.com/khushnudbek/status/1247878605402779648
https://www.instagram.com/p/B-uNHROpiRQ/?igshid=1txj2tdt02tu1
Izoh (0)