Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ariel Helvani nomi ostidagi soxta jurnalist UFC rahbari Deyna Uayt va Rossiya prezidenti Vladimir Putin yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovni 18-aprel kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan UFC 249 musobaqasiga jo‘natish borasida kelishuvga erishganini xabar qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Sensatsiya: Uayt va Putin Habib Nurmagomedovning AQShga parvozini tashkil qilish borasida kelishuvga erishdi. U Toni Fergyusonga qarshi jang qiladi.

Bu amalga oshadi, yigitlar. UFC 249 musobaqasi rejalashtirilgandek 18-aprel kuni bo‘lib o‘tadi”, — deya yozadi jurnalist Twitter’da.

“Bu yolg‘on! Musobaqa bo‘lib o‘tadi, biroq Habibsiz. Men 6-aprel kuni ishtirokchilarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilaman”, — deya javob qildi Uayt.

Avvalroq rossiyalik sportchining murabbiyi jang o‘tkazilish joyi aniq bo‘lsa, Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasidagi to‘qnashuv sodir bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Shuningdek, Habibning o‘zi sanoqli kunlar qolgan bo‘lsada jangning qayerda o‘tkazilishi noma’lum bo‘lib qolayotganini noprofessionallik deb atagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi