“Milan” va “Real” klublarining sobiq yarim himoyachisi Kaka faoliyatining eng yaxshi va eng yomon bosqichlari haqida gapirdi.
“Alohida vaziyatni aytmayman, biroq faoliyatimdagi eng yaxshi palla “Milan”da bo‘lgan: 2007-yili Chempionlar Ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi g‘oliblik, “Oltin to‘p” va FIFA tomonidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilish.
Eng yomon vaziyat? Istanbul—2005. Bunga qo‘shimcha shart emas.
Faoliyatim mobaynida ko‘plab yorqin futbolchilar bilan birga to‘p surdim, biroq eng zo‘ri Ronaldo edi. Keyingi o‘ringa Ronaldinyoni qo‘yaman, “Milan” va “Real” safida unga qarshi bir necha bor to‘qnash kelgandim”, — deydi Kaka.
Eslatib o‘tamiz, 2005-yil Istanbulda o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Milan” tanaffusga qadar “Liverpul” darvozasiga uchta gol uradi, biroq yakunda ingilz klubi g‘alabani ilib ketgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)