• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirusning ijobiy ta’siri: texnologiya qanday yechimlar taklif qilmoqda?

    Bugungi kunda eng dolzarb masala bo‘lib turgan koronavirus texnika olamiga ijobiy ta’sirini ham ko‘rsatmoqda. Turli texnologiyalar tomonidan pandemiyani yumshatish va imkon qadar yechim sifatida berilayotgan qator takliflar haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    Koronavirus tufayli jahon bo‘ylab millionlab kishilar uyda qolishga majbur bo‘lmoqda. Virus har birimizning turmush tarzimizga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Koronavirusdan karantin vaqtida yirik ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlari o‘zini qanday tutayotgani haqida esa dastlab Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi raisi Alisher Sa’dullayevning telegramdagi postida xabar topgan edik.

    Foto: AFP

    Haqiqatan ham koronavirusning turli texnologiyalarga ko‘rsatgan ta’siri uning fond bozori va ijtimoiy hayotga ko‘rsatgan ta’siridan kam bo‘layotgani yo‘q. Bu murakkab vaziyatda turli texnologiyalar tomonidan odamlarga imkon qadar ko‘mak berishga qaratilgan qator yechimlar taklif etilmoqda.

    Xususan, Xitoyning o‘zida aviareys raqami kiritilsa, reysda COVID-19 ga chalingan bemor uchganmi yoki yo‘qmi, aniqlab beradigan servis ishga tushirilgani diqqatga sazovordir. Odam epidemiya e’lon qilinganidan yaqin kunlar ichida samolyotda uchgan bo‘lsa, u bilan birga uchgan yo‘lovchilar ichida virus yuqtirganlar borligi ehtimoli albatta mavjud bo‘ladi. Yangi servisdan foydalangan holda kishi o‘zi bilan birga uchganlardan birortasi infeksiyaga chalinmaganini tekshirib olishi mumkin. Axir samolyot virus yuqtirib olish ehtimoli katta bo‘lgan tor joy va odamlar haqiqatan ham bu servis orqali o‘zlari uchun muhim ma’lumot olishayotgani bor gap.

    SenseTime kompaniyasi esa niqob taqqan holatda ham kuzatuv kameralari odamni identifikatsiya qila oladigan algoritmni ishlab chiqqanini e’lon qildi. Bu karantindan yashirinishga uringanlarni aniqlashda yordam berishi kerak edi. Xanchjouda esa uy karantinida bo‘lishi zarur fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qizil belgi qo‘yilmoqda. Xitoyda ijtimoiy tarmoqlar ichida eng mashhuri WeChat bo‘lib, u orqali deyarli hamma ijtimoiy harakatni amalga oshirish — avtobus yoki poyezdga bilet olish, umumiy ovqatlanish muassasalarida va do‘konlarda to‘lovlarni amalga oshirish va shunga o‘xshash yana ko‘plab harakatlarni bajarish mumkin.

    Foto: Reuters

    Xanchjou sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan biror shaxs uyda karantinda bo‘lishi kerakligi belgilangan bo‘lsa, uning messenjerlariga qizil belgi kiritilmoqda. Va u endi hech qanday ijtimoiy xatti-harakatni amalga oshirolmay qoladi. Ya’ni unga avtobus chiptasi sotilmaydi, oshxonalarga kiritilmaydi va hokazo. Shu orqali shaxsning ijtimoiy masofalanishiga hissa qo‘shish maqsad qilindi. Bu tizim aholining yalpi raqamli nazoratga olinishi sifatida baholanib, unchalik ham yaxshi qarshi olinmagan bo‘lsa-da, murakkab epidemiologik vaziyatda muayyan ijobiy samara berishini kutish mumkin.

    Eng qizig‘i, yuzaga kelgan vaziyat masofaviy onlayn ta’lim sohasi uchun sinovdan o‘tish va o‘zining ijobiy jihatlarini isbotlab olishga sharoit yaratmoqda. Xitoyning o‘zida 100 milliondan ziyod o‘quvchi karantin tufayli onlayn ta’lim shakliga o‘tkazildi. Hatto mashg‘ulot paytida jismonan hozir bo‘lishni talab etiladigan jismoniy tarbiya singari darslar ham muvaffaqiyat bilan uy sharoitida o‘tkazildi va o‘quvchi bolalar 100 metrga yugurish normativlarini kvartira ichida yugurish orqali topshirdi.

    Xitoyda o‘quvchilar uyda karantin saqlagani munosabati bilan ular uchun turli internet platformalarida 426 xil onlayn darsxonalar tashkil qilindi. “Yandeks” ham onlayn o‘qitish borasida o‘z xizmatlarini ishga tushirishni e’lon qildi. Shularni e’tiborga olib, qanchalik g‘alati bo‘lmasin, COVID-19 koronavirus infeksiyasini onlayn ta’lim platformalari uchun “irkit o‘rdakcha” vazifasini o‘tab berayotgani haqidagi fikrlar bejizga yuzaga chiqmayotganini tushunish mumkin.

    Chjenjou shahridagi fizika o‘qituvchisi onlayn dars o‘tmoqda.

    Chjenjou shahridagi fizika o‘qituvchisi onlayn dars o‘tmoqda.
    Foto: Sinxua

    Boshqa texnologiyalar egalari ham hukumat va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga hamda oddiy odamlarga koronavirus davrida vaziyatni imkon qadar yumshatishga xizmat qiluvchi o‘z servislarini taklif qilmoqda. Masalan, Microsoft asoschilaridan biri, jahonning eng boy kishilaridan bo‘lmish Bill Geyts tomonidan moliyalashtiriladigan xayriya tashkiloti odamda koronavirus mavjudligini uy sharoitida aniqlash imkonini beradigan to‘plamlar ishlab chiqarishga kirishdi. Albatta, bu to‘plamni sotib olgan odam o‘ziga o‘zi COVID-19 ga tashxis qo‘ya oladi degani emas. Balki undagi yo‘riqnomaga asosan, odam o‘z biologik materialini (shilimshiq yoki boshqa narsani) to‘plamdagi narsalarga yig‘ib, o‘ziga yaqin laboratoriyaga yuboradi.

    Google va Facebook esa AQSh hududidagi foydalanuvchilarning geolokatsiyasiga ko‘ra ular turgan hududdagi infeksion vaziyat haqida boxabar qilishi va geolokatsiya ma’lumotlari asosida potensial xatarga ega bemorlarning harakat yo‘nalishini tahlil qilib, virus tarqalishining oldini olish choralaridan biri sifatida ko‘rib chiqilishi uchun tegishli idoralarga taqdim qilmoqda. G‘arbda bu narsa shaxsiy ma’lumotlar konfidensialligini buzish sifatida salbiy baholanayotgan bo‘lsa-da, epidemiyaning oqibati yanada ayanchli bo‘lib ketmasligi uchun bu ham juda katta yordam bo‘lishini e’tirof etish zarur.

    Va nihoyat, koronavirusga qarshi kurashda Apple taklif etayotgan yordam ham diqqatga sazovordir. U AppleWatch orqali qondagi kislorod miqdorini o‘lchash va natijalarni soat egasiga va yana epidemiologiyani onlayn monitoring qilish markaziga yuborishi mumkin. Bu ham shaxsiy biometrik ma’lumotlarning uchinchi tarafga oshkor etilishi bilan bog‘liqligi tufayli Apple foydalanuvchilari orasida unchalik ham yaxshi kutib olindi, deb bo‘lmaydi.

    Foto: Google Photos

    O‘zbekistonda ham bu borada internet tarmog‘ida juda katta tadbirlar, insoniylik aksiyalari boshlanib ketdi. Xususan, bepul masofaviy ta’lim platformalaridan Khan Academy o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda, Hilol eBook dasturlarida ham barcha kitoblar uchun bepul yuklab olish imkoniyati ochildi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida @eduuz_online loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatining karantin sabab vaqtincha to‘xtatilishi munosabati bilan ko‘plab yetkazib berish xizmati vakillari o‘z servislarini kengroq taqdim qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

    Yuqorida sanalganlarning deyarli barchasi koronavirus tufayli majburan yuzaga chiqayotgan texnologik yechimlar bo‘lsa-da, ular post-pandemik davrda ham o‘zining ijobiy jihatlarini saqlab qolishiga umid qilish mumkin. Xususan, masofaviy ta’lim va onlayn dars platformalarining shu bahonada mislsiz rivojlanishi kutilmoqda. Bu esa post-pandemik davrga o‘tib, an’anaviy ta’lim tizimi uchun juda katta qudratli yordamchi va raqobatchi sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin.

    Umid qilamizki, hozirgi murakkab sharoitda o‘zbek o‘quvchilari uchun ham tashkil qilinayotgan onlayn darsxonalar, masofaviy ta’lim platformalari vaqtinchalik, xo‘jako‘rsinga emas, balki puxta va mukammal ishlab chiqiladi va keyinchalik ham farzandlarimizning mustaqil bilim olishlarida beminnat ko‘makchi bo‘la oladi.

    25.03.2020, 08:40   Izoh (0)   262876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35

    “Real Madrid” 100 mln yevroga futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 12 iyul, 11:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.