Yaponiyada sakura daraxtining gullash mavsumi boshlandi. Tokio aholisi koronavirus pandemiyasiga qaramasdan mahalliy bog‘larga yo‘l olib, daraxtlar bilan rasmga tushmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
An’anaga ko‘ra, sakura mart oyining ikkinchi yarmida yoki aprelning boshida gullay boshlaydi, mamlakat meteorologiya xizmatlari sakuraning janubdan shimolga tomon gullash harakati haqida kunlik hisobot berib boradi.
Yaponiyada olcha rang sakura bulutni hamda hayotning o‘tkinchi ekanligini ifodalaydi.
Sakura gullari deyarli barcha Yaponiya iste’mol mahsulotlarida, xususan, kimono, kanselyariya mahsulotlari va idish-tovoqlarda ham tasvirlanadi.
Izoh (0)