Tibbiyot fanlari doktori, professor Shavkat Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, kirsovun – koronavirusga qarshi samarali vositalardan biri. U bu haqda “O‘zbekiston” telekanalidagi “Munosabat” ko‘rsatuvining 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan sonidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Vahima qiladigan narsa yo‘q. Sog‘lom turmush tarziga amal qilish kerak. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilish kerak. Kerak bo‘lsa har soatda qo‘lni sovunlab yuvish kerak”, — dedi professor.
U shifokor sifatida ximiyalashgan hidli sovunni emas, balki kirsovunni tavsiya qilishini aytdi. “Aynan kirsovunda yuvish kerak. Iloji bo‘lsa, spirtlab turish kerak. Iloji bo‘lmasa, kirsovunni o‘zi ishqoriy muhit bilan foyda beradi”, — dedi professor Ahmedov.
Hozirda O‘zbekistonda sakkiz kishi koronavirusga chalingan. Ular orasida og‘ir ahvoldagilar yo‘q. Bundan tashqari, 641 kishi kasalxonalarda, 5661 kishi esa uy sharoitida karantinga olingan.
Izoh (0)