• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Elektromobillar davri: O‘zbekiston qanday bosqichda?

    Bugungi kunda elektromobillar ishlab chiqarish zaruriyati avtomobilsozlar uchun strategik masalaga aylanmoqda. Yaqinlashayotgan yangi davri haqida “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov ma’lumot beradi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    UzAuto Motors tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobil narxlarining keskin oshirilishi oxirgi haftada ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans berdi. Faqat eng erinchoq odamlargina bu holatga munosabat bildirmadi desak bo‘ladi. Xullas, bu yoqda neft bozori kasodga uchrab, boshqa tarafda esa koronavirus sababli jahon iqtisodiyoti orqaga ketayotgan bir paytda haqiqatan ham mantiqqa sig‘maydigan narx ko‘tarilishi faqat UzAuto Motors’dagilarning o‘zini xursand qildi xolos.

    Lekin e’tiboringizni  narx oshishiga emas, boshqa masalaga qaratmoqchimiz.

    UzAuto Motors ishlab chiqaradigan avtomobillar va hozirda jahon bo‘ylab harakatlanayotgan deyarli barcha avtomobillar bu – ichki yonuv dvigateli asosida, ya’ni benzin, dizel yoki gaz yoqilg‘isi yoqib harakatlanadigan mashinalardir. Maqolaning qisqa mohiyatini aytadigan bo‘lsak, an’anaviy benzin va gazda yuradigan avtomobillar zamonasi yakunlanmoqda! Uzog‘i bilan yana ikki o‘n yillik va ular o‘z o‘rnini elektromobillarga bo‘shatib beradi.

    Yodingizdami, 10–15 yillar oldin mobil telefonlar endi ommalashayotgan paytda telefon apparatlari bozori Nokia’dan boshlab Siemens, Motorola, Philips, Sony Ericsson va hokazolar bilan to‘la edi. Siz u paytda Apple va Xiaomi apparatlarini eshitmagansiz ham. Sababi juda oddiy: tugmali oddiy telefonlar zamonasida bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yuqoridagi kompaniyalar smartfonlar zamonasiga kelib bozor uchun ommabop takliflar bera olmadi va hozirda mobil aloqa texnologiyalari bozorida ularni deyarli uchratmaysiz. 2010–2012-yillarda tugmali telefonlarning zamonasi allaqachon yakunlandi va smartfonlar davri boshlandi. Avtomobillar bozori bilan ham shunga o‘xshash vaziyat sodir bo‘lishi kutilmoqda (va u allaqachon boshlangan).

    Bozorni elektromobillar bilan zabt etishni Tesla boshlab yubordi. Birgina 2019-yilning oxirgi choragida kompaniya 104 891 dona elektromobil sotgan. Va bu borada Tesla yolg‘iz emas. Ko‘pchilik elektromobil deganda birinchi navbatda Tesla’ni tasavvur qiladi. Lekin elektromobillar allaqachon Jaguar, Audi, Mercedes va Porsche kataloglarida ham bor.

    Hozircha faqat Porsche ishlab chiqargan model bozorda Tesla bilan raqobatlasha oladigan darajada arzon chiqqan va texnik jihatdan afzalliklarni ham va’da qilmoqda (xususan, Porsche Taycan modeli atigi 22 daqiqada 80 foiz zaryadlanishi mumkin va to‘liq zaryad olishi uchun 1 soat kifoya qiladi – siz qahva ichib bo‘lguningizcha mashinangiz yana yo‘lga tayyor bo‘ladi).

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Lekin bu boshqa avtokonsernlar vaziyatga shunchaki tomoshabin sifatida qarab o‘tiribdi degani emas.

    Umuman olganda, yirik avtokonsernlar elektromobillar bozoriga yurak yutib qarab turgani aniq. Bizga tanish an’anaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan zavodlar yoppasiga elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tmayotganining eng katta sababi konveyyer liniyalarini elektromobillarga moslash uchun o‘n milliardlab dollar sarmoya kerak bo‘lishi bilan bog‘liq.

    Qolaversa, elektromobil ishlab chiqarish uchun loyihalash va konstruktorlik mutaxassislari, yig‘ish ustalari va ishchi xodimlar kerak bo‘ladi. Zavodda birvarakayiga buncha malakali ishchi topishning esa iloji yo‘q. Aynan shu omillar hozircha jahonning yirik avtomobilsozlik korxonalarini biroz tutib turibdi. Shunga qaramay, bizni elektromobillar zamonasiga olib o‘tadigan texnik inqilobga juda yaqin qoldi.

    Bir paytlar chiqindi gazlar miqdorini kamaytirib ko‘rsatadigan qalloblikka ega dasturiy ta’minoti uchun malomatga qolgan Volkswagen o‘z reputatsiyasini tiklash yo‘lida tinmay urinmoqda va avvaliga e’lon qilgan – 2025-yilga kelib bir millionta elektromobil ishlab chiqarish bilan bog‘liq strategik rejasini o‘zgartirib, endi 2023-yildayoq ushbu ko‘rsatkichga erishmoqchi. 2025-yildan boshlab esa ular yiliga 1,5 million donadan elektromobil ishlab chiqarib, bozorda o‘z ulushini egallashni ko‘zlagan.

    Volkswagen’ning ID.3 elektromobili shu yilning yozida sotuvda paydo bo‘ladi. Nemislar bu borada ko‘zlagan marralari ulkan: ular jahon elektromobil bozorining bayroqdor yetakchisi bo‘lmoqchi. Va bunga jiddiy kirishishdi – konsern elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 33 milliard yevrolik loyihani boshlab yuborishdi. Shu jumladan, butun Yevropa bo‘ylab 36 mingta zaryadlash stansiyasi barpo qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Konsern endilikda gazda yuradigan mashina ishlab chiqarishni to‘xtatishini ham e’lon qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    General Motors’ning rejalari esa bundan ham balandparvoz. Konsern rahbariyati nutqidan to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtibos keltiradigan bo‘lsak, u “Biz hammani elektromobillarga o‘tkazmoqchimiz va buning uchun bizda hamma narsa bor”, degan ma’noda yangradi. Kompaniya shu yil yanvarida San-Fransiskoda o‘zining ilk elektromobili – Cruise Origin modelini ommaga namoyish qildi. Yil yakunida Bolt EV nomli model savdoga chiqarilishi reja qilindi. Kompaniyaning 2021, 2022 va 2023-yillar ichida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan yana bir nechta elektromobil modeli mavjud.

    Eng kamtarona hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yil boshida elektromobillar bozori 5,6 million donani tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bu ko‘rsatkich deyarli 8 milliontaga yetdi. Lux Research kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 2035-yilga borib, jahon bo‘ylab elektr batareykalari bozorining yillik aylanmasi 546 milliard dollarga yetadi.

    Bu elektromobil ishlab chiqaruvchilari bilan parallel ravishda rivojlanishi va arzonlashishi kerak bo‘lgan akkumulyator va uni zaryadlaydigan qurilmalar ishlab chiqaruvchilarining ham oshig‘i olchi bo‘ladi demakdir. O‘sha 546 milliard dollarlik yillik sarfning 74 foizini jahon bo‘ylab harakatlanayotgan elektromobillar hissasiga to‘g‘ri keladi va ular umumiy hisobda jami akkumulyatorlar elektr sig‘imining 91 foiz qismini egallaydi.

    Xo‘sh, yirik avtokonsernlarning elektromobillar ishlab chiqarish borasida otni qamchilashga tushganining sababi nima deb o‘ylaysiz? Albatta, iqlim o‘zgarishi, ekologiya muammolari kabi sabablar tabiiy ravishda ko‘rsatiladi. Qolaversa, neft va gaz narxining beqarorligi va yoqilg‘i ishlab chiqarilishi hamda yetkazib berilishi yirik siyosiy o‘yinlarda richag vositaga aylanayotgani ham vaj qilinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ammo neft va gaz ham bir kun kelib tugaydi. Elektromobillarga o‘tilishi bir paytlar tugmali telefondan yoppasiga smartfonga o‘tilgani singari muqarrar jarayondir. Avtokonsernlarning elektromobil ishlab chiqarishga o‘tishi va yalpi reklama kompaniyalarining ham boshlanganining jiddiy sababi bor. U ham bo‘lsa yashab qolish uchun kurashdir. Ular bugun otni qamchilamasa, ertaga ichki yonuv dvigatelli mashinalari bilan birgalikda tarixga aylanadi. Bozordagi ulushini boy beradi va kasod bo‘ladi. Shu sababli ham hozirda ular uchun elektromobillar strategik masalaga aylandi.

    O‘zbekistonda ham elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida harakatlar allaqachon boshlangan. Qo‘qonda 2023-yildan boshlab elektromobil ishlab chiqarilishi rejasi borasida “Daryo” avval xabar bergan edi. Xonobodda (Andijon viloyati) ham elektromobil ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabarlar mavjud. Innovatsion rivojlanish vazirligi esa Qozog‘iston bilan hamkorlikda elektromobil ishlab chiqarish rejalarini muhokama qilgandi.

    Bu loyihalarning amalga oshishi va O‘zbekiston ham jahon avtomobilsozlik tendensiyalaridan ortda qolmasligi muhim. Endilikda elektromobillar ishlab chiqarilishi avtomobilsozlar uchun strategik masalaga aylandi. Hammasi yaqin ikki o‘n yillikda ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ladi. Shunday ekan, UzAuto Motors’ga va uning narx siyosatiga jig‘ibiyron bo‘layotgan yurtdoshlarimizga yaqin o‘rta muddatli kelajak uchun rejalar tuzishda elektromobillarni ham inobatga olishni tavsiya qilamiz.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    17.03.2020, 08:34   Izoh (0)   147131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Unchalik mashhur bo‘lmagan, ammo tomosha qilishga arziydigan turk filmlari

    Kino | 24 iyun, 12:16

    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

    Reklama | 24 iyun, 12:14

    MSI “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmining 30 yilligiga bag‘ishlab tematik kompyuterlarni taqdim etdi

    Gadjetlar | 24 iyun, 11:56

    Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni murakkablashtiriladi

    Dunyo | 24 iyun, 11:39

    Eldor Shomurodovga A Seriyaning boshqa klubidan taklif chiqdi

    Sport | 24 iyun, 11:25

    Tramp Eron va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirganini aytdi

    Dunyo | 24 iyun, 11:24

    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

    Reklama | 24 iyun, 10:30

    Smartfon tanlash: qaysi funksiyalar chindan ham kerakli, qaysilari ortiqcha?

    Texnologiyalar | 24 iyun, 11:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.