Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus sababli 13-martdan boshlab Italiya fuqarolarini mamlakat ichkarisiga o‘tkazmaslik haqidagi hukumat farmoyishini imzolagan, deb yozmoqda TJournal.
Taqiq Italiyada bo‘lib qaytayotgan boshqa xorijliklarga ham taalluqli va YeIIga a’zo mamlakatlarning fuqarolari bundan mustasno ekani aytilmoqda.
Hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka davomida Rossiyada koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha 6 ta yangi holat kuzatilgan: 4 nafar bemorning Moskvada, bir nafar odam Krasnodar o‘lkasida va yana bir nafar fuqaro Kaliningrad viloyatida ekani ma’lum qilingan. Kasallanganlarning hammasi Italiyadan 1-mart kuni qaytgan odamlar. Shu tariqa Rossiyada virus bilan kasallanganlar soni 34 nafarga yetgan.
Izoh (0)