Buyuk Britaniya hukumatidagi bemor xavfsizligi, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va ruhiy salomatlik bo‘yicha vazir o‘rinbosari Nadin Dorris yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Dorrisning so‘zlariga ko‘ra, testlar unda koronavirus borligini ko‘rsatgach, u xavfsizlik choralarini ko‘rgan va uyida o‘zini o‘zi izolyatsiyalagan.
The Guardian’ning xabar qilishicha, Dorris o‘tgan hafta Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning qabulida bo‘lgan. Shuningdek, u parlament va vazirlikdagi yuzlab odamlar bilan uchrashgan. “Angliya sog‘liqni saqlash xizmati aloqalarni batafsil tekshirishni boshladi va departament hamda parlamentdagi ofisim ularning masalahatini bajarmoqda”, — deydi vazir o‘rinbosari.
Avvalroq Portugaliya prezidenti koronavirus sabab ikki haftalik karantinga ketgani, Italiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i virus bilan kasallangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Tramp va Pens qatnashgan konferensiya ishtirokchisidan koronavirus aniqlangan edi.
Izoh (0)