2-martga o‘tar kechasi Bag‘doddagi “yashil hudud”ga ikkita raketa kelib tushdi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, Al Sumaria telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar poytaxtning markaziy qismiga, davlat muassasalari va xorij elchixonalari, xususan, AQSh elchixonasi joylashgan hukumat dahasi (“yashil hudud”) yaqiniga kelib tushgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Raketalar Bag‘dod sharqidagi hududdan zalp o‘t ochish tizimidan uchirilgan.
Al Arabia telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar soni to‘rtta bo‘lgan va ulardan biri Amerika elchixonasi yaqiniga kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining o‘rtalaridan ham Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga raketa zarbalari berilgan edi.
Izoh (0)